Tursunov Doniyor Muxammadjon uglining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va onkologik nogironlik taxlili» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1922.
Ilmiy rahbar: Abdixakimov Abdulla Nusratillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori; Abduraximov Zoxid Abduvasiqovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xavfli o‘sma kasalliklarini erta tashxislash hamda onkologik nogironlikni baholash natijasida onkologik reabilitatsiyani samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor standartlashtirish usuli yordamida onkologik kasallanish ko‘rsatkichlarining klinik-epidemiologik parallelligi asosida ortishi yoki kamayishining, ko‘krak saratoni-5,3%ga, bachadon bo‘yni saratonida-1,1% ga kasallanish ko‘rsatkichini musbat dinamikasi, limfa va qon yaratuvchi a’zolar xavfli o‘smalar bilan kasallanishning standartlashtirilgan ko‘rsatkichlari esa 5,5%ga, oshqozon saratoni uchun 4,7% va o‘pka saratonida 1,6 %ga pasayganligi isbotlangan;
kasallik birlamchi morfologik tasdiqlangandan keyin nogironlik imtiyozlarini shakllantirilishi va o‘z vaqtida tasdiqlanishi mavjud bo‘lmaganda, birlamchi nogironlik statusi muddatini kechikishi hisobiga xavfli o‘sma kasalliklari  bilan xastlangan bemorlarni yashovchanligiga salbiy ta’siri isbotlangan;
xavfli o‘smalarning IV bosqichi bilan tashxislangan bemorlarda nogironlik imtiyozining bevosita shifoxonada darhol shakllantirish, I-III bosqichlarda esa davolash muassasasidan chiqqandan keyingi dastlabki oylarda rasmiylashtirish zarurati asoslangan; 
onkoreabilitatsiya holati o‘ta qoniqarsizigi ilmiy jihatdan asoslanib, onkologik bemorlar uchun tiklash, quvvatlovchi va palliativ dasturlarning mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab, prognostik mezonlarni hisobga olgan holda kompleks individual reabilitatsiya dasturi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va onkologik nogironlik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
onkologik bemorlarda nogironlikni turli darjalarni shakllantirishda yuzaga kelgan qator muammolarni borligi, ularning echimi xarakat tartibi, xavfli o‘smalar bilan xastalangan va nogironlik tavsiya etilgan bemorlar reabilitatsiyasi samaradorligi ko‘rsatkichlarining pastligi tahlili bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Andijon viloyatida xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va ularning profilaktikasi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n–d/228-son ma’lumotnomasi). Natijada turli somatik kasalliklarni tashxislash va davolashdagi kamchilliklar natijasida rivojlangan xavflio‘smalar epidemiologiyasi va onkologik nogironliktashislash, nogironlik olgan bemorlar reabilitatsiyasi samaradorligi ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan individual dasturlarning tadbiq qilish asosida xavfli o‘smalar bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari kamaytirish imkonini bergan; 
xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va onkologik nogironlik bashoratlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filiali va Andijon tuman tibbiyot birlashmasiniing klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 05 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi2017 yilda kasallanish ko‘rsatkichi 2007 – yilga nisbatan 23,1 % ga kamaygan, 2019-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2017- yilga nisbatan 14,2 % ga ko‘pgan, kasalliklar sturkturasida sut bezi va bachadon bo‘yni saratonlari ulushi5,3% va 1,1 % ga oshgan bo‘lsa, me’da va o‘pka xavfli o‘smalari 4,7% va 1,6 % ga kamaygan, xavfli o‘smalar bilan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari dinamikasi va kasallanish profilaktikasi tizimini takomillashtirish, nogironlik shakllantirish, kamaytirish, oldini olishda maqsadli dasturlar ishlab chiqish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, umr ko‘rish davomiiyliligi uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish