Ergasheva Maxbuba Xotambekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’limning sinergetik qonuniyatlari: nazariy-metodologik tahlil”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fal103.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, (DSc), dotsent; Shermuxammedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Artikov Tulanboy Artikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonini nazariy-metodologik tadqiq etish asosida sinergetik qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonida namoyon bo‘luvchi tartib va tartibsizlik o‘rtasidagi deterministik munosabat bilan sinergetik ta’lim tizimining murakkablik, nochiziqlik, beqarorlik va barqarorlik, muvozanatsizlik va muvozanatlilik xususiyatlarining dialektik aloqadorligi mantiqiy dalillangan;
ta’lim tizimiga joriy etilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalarni xaotik holatlarida attraktor (zamonaviy ta’lim muassasasi, ta’lim beruvchi sub’ektlar, davlat va jamiyatning ta’limga oid ratsional siyosati)ning evristik imkoniyatlari aniqlangan;
ta’lim tizimidagi ochiqlik va yopiqlik dialektikasining refleksiv xususiyati, ta’limda integratsiya omili (hamkorlikda rivojlanish texnologiyasi)ning o‘rni hamda milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashga tizimli yondashuvning yaxlitlik, ierarxik tuzilish, qism va butunning o‘zaro aloqalorligi singari imkoniyatlari falsafiy jihatdan isbotlangan;
O‘zbekistonda sinergetik tafakkur tarzi va ijtimoiy prognoz qila olish qobiliyatiga ega ta’lim oluvchilarni shakllantirish usullari sinergetik ta’lim tizimini joriy etishda namoyon bo‘luvchi bifurkatsion, fluktuatsion, dissipativ jarayonlarni konstruktiv yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
zamonaviy ta’limning ochiq va murakkab sistema sifatida o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonidagi nochiziqli fenomeni hisoblangan refleksiv, kreativ, konstruktiv, innovatsion tafakkur tarzini shakllantiruvchi hamda ta’lim taraqqiyotiga xizmat qiluvchi funksional xususiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimining sinergetik qonuniyatlarini tadqiq etish asosida:
ta’lim sistemasida innovatsion jarayonlardagi xaotik holatlar va unda attraktor omilining evristik imkoniyatlari, bugungi kundagi zamonaviy ta’lim muammolaridagi sinergetik qonuniyatlar hamda ularning pllyuralistik va amaliy echimlariga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 21 yanvardagi 01-193-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga, sinergetik ta’lim tizimining imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga, ta’lim tizimidagi ochiqlik, nochiziqlilik, muvozanatsizlik, tartib va tartibsizlik kabi sinergetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini ochib berishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimidagi ochiqlik va yopiqlik dialektikasining refleksiv tahlili, ta’limda integratsiya omilining o‘rni hamda milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashga tizimli yondashuvning afzalliklari xususidagi ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan KA-3-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual muammolari tahlili” mavzusidagi amaliy-ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 12 martdagi 04/11-1428-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va sinergetik metodologiyaning oliy ta’lim tizimidagi imkoniyatlari, o‘quv jarayonida sinergetik metodlar qo‘llanishining ahamiyati hamda ta’lim tizimini ochiq tizim sifatidagi taraqqiyot mexanizmlarini yoritib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda sinergetik ta’lim tizimini shakllantirish jarayonida namoyon bo‘luvchi bifurkatsion, fluktuatsion dissipativ jarayonlarni konstruktiv yo‘nalishga burish orqali sinergetik tafakkur tarziga ega, kelajakni aniq prognoz qila oladigan ta’lim oluvchilarni etishtirish yo‘llariga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan PZ-2017-0930223 raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 21 yanvardagi 01-193-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va oliy ta’lim talabalarini sinergetik ta’lim tizimi orqali o‘z-o‘zini tashkillashtira oladigan, o‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, o‘z mehnatiga munosib baho bera oladigan, o‘ziga nisbatan talabchan zamonaviy kadrlar sifatida shakllantirishiga xizmat qilgan;
zamonaviy ta’lim – ochiq va murakkab sistema sifatida tahlil etilib, ta’limning o‘zini-o‘zi tashkillashtirishi jarayonida nochiziqlili fenomen bo‘lgan tanqidiy, kreativ, konstruktiv, innovatsion tafakkur tarzini shakllantiruvchi funksional xususiyatlariga doir yangilik va nazariy xulosalardan, amaliy takliflardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi va “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 20 yanvardagi 01-11/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda keng jamoatchilikka milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida tizimli yondashuv, tadrijiylik, izchillikni ta’minlash oqilona kechishini etkazishga xizmat qilgan.