Rabbimov Abdulloning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cho‘l yaylovlari hosildorligini oshirishning introduksiya va seleksiya asoslari”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Qx76.
Ilmiy maslahatchilar: Maxmudov Muxitdin Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev G‘ulom Sayidalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Nurbekov Azizbek Isroilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi cho‘l ozuqabop o‘simlik turlarining genofondidan yaylovlar hosildorligini oshirishni ta’minlaydigan istiqbolli birlamchi manbalarni tanlash va seleksiyaga jalb qilish, mahalliy sharoitlarga mos, serhosil yangi navlarini yaratish, urug‘lik etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish va ishlab chiqishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor tarqalish arealining turli nuqtalaridan olib kelingan cho‘l ozuqabop o‘simlik turlari va namunalarida ekologo-biologik va xo‘jalikbop xususiyatlari bo‘yicha katta diapozonlarda o‘zgaruvchanlik mavjudligi aniqlangan va bu muayyan tuproq-iqlim sharoitlarida o‘sishga yaxshi moslashgan mahalliy navlar yaratish mumkinligiga asos bo‘lgan;
 yaylovlarni fitomelioratsiyalashda istiqbolli bo‘lgan yangi o‘simlik turlari: Og‘amed astragali- Astragalus agameticus Lipsky., Xuroson esparseti- Onobrychus chorossanica Bge, ko‘p yillik olabuta- Atriplex undulata va boyalichlar- Salsola arbuscula Pall. aniqlangan;
 izenning asosan chetdan shamol yordamida changlanishi, shuningdek, bir tupning o‘z-o‘zidan changlanishi (geytenogamiya) mumkinligi, cho‘g‘onning o‘z-o‘zidan changlanishi, erkak o‘tning esa chetdan shamol yordamida changlanishi isbotlangan;
izen populyasiyalarida turli sondagi (2n=18, 36, 54) xromasoma juftligiga ega individiumlar (poliploidiya) mavjudligi, izenning turli ekologik tiplari o‘zaro erkin duragaylanishi mumkinligi, izen va teresken o‘simliklarini novda qalamchalaridan vegetativ ko‘paytirish va seleksiyada bu usuldan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
cho‘l ozuqabop o‘simliklarining qattiq urug‘lariga ekishdan oldin turli usullarda ishlov berish orqali ularning unuvchanligini oshirish usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Cho‘l yaylovlari hosildorligini oshirishning introduksiya va seleksiya asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
izenning «Otavniy», cho‘g‘onning «Jayxun», olabutaning «Yagona»     navlari Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi «Nurli el chorvadori» qorako‘lchilik mas’uliyati cheklangan jamiyatida 50 gektar, «Olg‘a qorako‘l naslchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 10 gektar, «Saxoba ota qorako‘l-nasl» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 10 gektar, «Tim – Agron chorvadorlari» qorako‘lchilik mas’uliyati cheklangan jamiyatida 4 gektar maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2021-yil 9-martdagi №02/23-478 son ma’lumotnomasi). Natijada yaylovlar hosildorligi oshirilib, gektaridan 14-22 s gacha yuqori hosil olinishiga erishilgan;
izenning «Otavniy», cho‘g‘onning «Jayxun», erkak o‘tning «Ishonch» navlari  Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi «Rustamnoma» fermer xo‘jaligida 10 gektar, «Bozorboy tulpori» fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2021-yil 9-martdagi №02/23-478 son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda cho‘l ozuqabop o‘simliklar etishtirishda rentabellik darajasi 53 % ni tashkil etgan;
izenning «Saxro», cho‘g‘onning «Jayxun», ko‘p yillik olabutaning «Yagona» navlari Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi «Kogon-Chinor chorvasi” qorako‘lchilik mas’uliyati cheklangan jamiyatida 5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2021-yil 9 martdagi №02/23-478-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlardan ozuqabop o‘simliklarni etishtirishning texnologiyasi tiklanib, gektaridan 15-20 s/ga hosil olishga erishilgan;
 Buxoro viloyati cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘chilik markazida cho‘g‘onning«Jayxun», izenning «Nurota», olabutaning «Yagona» navlari 230 gektar maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2021-yil 9-martdagi №02/23-478-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan 15-25 s/ga pichan hosilini olishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi “Altinboev eri” fermer xo‘jaligida 2 ga maydonda izenning “Otavniy”, olabutaning “Yagona” navlari ekilib, izendan 18,0 s/ga pichan va 250 kg urug‘ hosili, olabutadan 20,0 s/ga pichan va 350 kg/ga urug‘ hosilini olishga erishilgan yoki izendan 1,0 ga erdan 6250 ming so‘m, olabutadan 8750 ming so‘mlik maxsulot olishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2021-yil 9 martdagi №02/23-478-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy samaradorlik ta’minlanib, rentabellik darajasi 73% ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish