Hamroev Sherzod Axtamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bank risklarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish», 08.00.07–
“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD /Iqt987.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Odiljon Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Boboqulov To‘lqil Ibodullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bank risklarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida yangi bank mahsulotlarini joriy qilinishi bilan bog‘liq risklar miqdori bank regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib ketmasligining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
banklarda likvidlilik riskini boshqarishda omonatchilar va depozitorlar va ular bilan aloqador shaxslar oldidagi majburiyatlar yig‘indisining umumiy majburiyatlaridagi ulushi bir foizdan oshsa yirik omonatchi va depozitor deb hisoblash taklif etilgan;
kredit riski bo‘yicha muddati o‘tgan kreditlarni kamaytirishda banklar subsidiyalangan kredit berishdan voz kechishi taklif etilgan;
tijorat banklarida kreditlashga mas’ul tarkibiy tuzilmaga bo‘ysinmaydigan muammoli aktivlar bilan ishovchi «Harakatsiz aktivlarni boshqarish» bo‘linmasini tashkil etish taklif etilgan;
banklarda yangi bank mahsulotlarini joriy qilish, yirik omonatchilar va depozitorlarni shakllantirish, subsidiyalangan kreditlardan voz kechishning bank risklarini monitoring qilishga ta’sirining 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bank risklarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida yangi bank mahsulotlarini joriy qilinishi bilan bog‘liq risklar miqdori bank regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib ketmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 2 martdagi 07-08/1322-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBida 78,8 mlrd. so‘mlik yangi bank mahsulotlarini joriy etilishi bank risklari darajasini 7,6 foizga pasaytirgan;
banklarda likvidlilik riskini boshqarishda omonatchilar va depozitorlar va ular bilan aloqador shaxslar oldidagi majburiyatlar yig‘indisining umumiy majburiyatlaridagi ulushi bir foizdan oshsa yirik omonatchi va depozitor deb hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 2 martdagi 07-08/1322-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 22,4 foiz omonatchi va depozitorlari yirik omonatchi va depozitor tarkibiga kiritilgan;
kredit riski bo‘yicha muddati o‘tgan kreditlarni kamaytirishda banklar subsidiyalangan kredit berishdan voz kechishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 2 martdagi 07-08/1322-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yil davomida 38,9 mlrd. so‘mlik subsidiyalangan kreditlar berishdan voz kechilgan;
tijorat banklarida kreditlashga mas’ul tarkibiy tuzilmaga bo‘ysinmaydigan muammoli aktivlar bilan ishovchi «Harakatsiz aktivlarni boshqarish» bo‘linmasini tashkil etish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2021 yil 10 fevraldagi 02/07-220-son qarori bilan tashkil etilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 2 martdagi 07-08/1322-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank risklarini boshqarish va monitoring qilish tizimini takomillashtirishga erishilgan;
banklarda yangi bank mahsulotlarini joriy qilish, yirik omonatchilar va depozitorlarni shakllantirish, subsidiyalangan kreditlardan voz kechishning bank risklarini monitoring qilishga ta’sirining 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB faoliyatini baholashda joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 2022 yil 2 martdagi 07-08/1322-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida risklarni boshqarish va monitoring qilish imkoniyati kengaytirilgan.