Mambetov Jolimbet Kabulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq xalq dastoni Jahonsho» (genezisi, tipologiyasi, janriy xususiyatlari va obrazlar sistemasi), 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil624.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xoshniyazov Jalg‘asbay, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay, filologiya fanlari doktori, professor; Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq xalq dostoni «Jahonsho»ning genezisi, tipologiyasi, janriy xususiyati va obrazlar sistemasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Jahonsho» dostoni qadimgi turkiy xalqlar va qoraqalpoq fol`klorida aks etgan arxaik syujetlar hamda mifopoetik tafakkurning badiiy tadriji bilan bog‘liq ekanligi, an`anaviy ravishda epik shaklga tushgan, qadimgi manbasi ibtidoiy davrdagi epos ekanligi dalillangan;
doston syujeti uning tarixiy qatlamidagi VII-VIII asrlarda Evroosiyoning katta qismini o‘z ichiga olgan Turk xoqonligi davrining voqealarini qamrab olgan O‘rta Osiyo xalqlari fol`kloridagi ertaklik va noertaklik nasr janrlari namunasida o‘z aksini topgan tarixiy rivoyat (aңiz), qahramonlik, sehrli, hayotiy-maishiy ertaklarining sintezi ko‘rinishidagi syujetlar asosida shakllangani aniqlangan;
«Jahonsho» dostonining epik qahramonlikni o‘zida aks ettiruvchi motivlar va obrazlarning tipologik belgilari qahramonlik epos janrining talablariga javob berishi dalillangan;
«Jahonsho» dostoni poetikasida Qurbanbayning individual jirovchilik san’atining ta’siri sezilishi, ayniqsa bu xususiyat dostonning asosiy syujet liniyasini ta’minlovchi safar motivining an’anaviy epik namunalardan yiroqlashmagan holda qahramonning ilm-hunar egallashga intilishini tasvirlashga yo‘naltirilganligida hamda dostonning poetik bayon shakllarida she’riy bayon usulining yetakchiligida ko‘rinishi oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Jahonsho» dostoni genezisi, tipologiyasi, janriy xususiyatlari va obrazlar sistemasini qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq qilish asosida:
«Jahonsho» dostonining yozib olinishi, nashr qilinishi va o‘rganilishi tarixi, doston syujetidagi qadimiy turkiy xalqlarning tarixiy qatlamlari va arxaik fol`klor namunalarining qiyosiy tipologiyasi bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005. «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish» (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihasining «Qoraqalpoq xalq dostonlariga oid ilmiy tadqiqotlar tavsifi» bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 30 sentyabrdagi 17.01/239-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Jahonsho» dostonining qoraqalpoq fol`klorshunosligida o‘rganilishi tarixiga oid ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
«Jahonsho» dostonidagi motivlar va obrazlarning tipologik belgilarini qiyosiy o‘rganish orqali dostonning epik qahramonlikni o‘zida aks ettiruvchi qahramonlik epos janriga mansub ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan amaliy va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 30 sentyabrdagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlar asarlarida qahramonlik, vatanparvarlik ruhini shakllantirishga, ular ijodiyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Jahonsho» dostoni poetikasida va kompozisiyasida asosiy xususiyatlar bo‘lgan dostonning asosiy syujet liniyasini ta’minlovchi safar motivining an’anaviy epik namunalardan yiroqlashmagan holda qahramonning ilm-hunar egallashga intilishini tasvirlashga yo‘naltirilganligida va dostonning poetik bayon shakllarida she’riy nutq usulining yetakchi ekanligini tasdiqlovchi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Assalao‘ma-aleykum, Qaraqalpaqstan!», «Gәo‘har sөzler» singari ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 fevraldagi 01-02/88-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Jahonsho» dostoni genezisi va tipologiyasi, ushbu doston mazmunidagi ilm-hunar egallashga intilishni tarbiyalashga oid ilmiy fikrlar va milliy epik merosning tarbiyaviy ahamiyati keng jamoatchilikka targ‘ib qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish