Islomova Hafiza Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 10-11-sinf o‘quvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD /Ped2250.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor, Suyunov Xusnitdin Miltiqboevich, pedagogika fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf o‘quvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi adabiyotlar bilan ishlashga aqliy-ijodiy yondashuv, adabiyot fanini o‘rganishning V1 va V1+ darajasidagi xalqaro baholash dasturlarini milliy qadriyatlarga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish modeli taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlarini ijodiy, ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasiga milliy va madaniy jihatdan mantiqiy identiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni bosqichlari o‘quvchilarning matn, tasvir ko‘rinishidagi o‘quv materiallarini, o‘quv motivlarini vertikal va gorizontal aloqalarga sub’ektiv tarzda interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
badiiy asarlarni tahlil etish moduli o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy fazilatlarini milliy mentalikka xos pedagogikaning tarbiyaviy imkoniyatlarining praksiologik talqinini ifoda etish orqali didaktik jarayonlarni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi adabiyotlar bilan ishlashga aqliy-ijodiy yondashuv, adabiyot fanini o‘rganishning V1 va V1+ darajasidagi xalqaro baholash dasturlari milliy qadriyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab adabiyot darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning falsafiy-estetik, psixologik-pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan;adabiyot darslarida 10-11-sinf o‘quvchilari bilan badiiy asarni tahlil qilish modelini o‘quvchilar o‘rtasida badiiy
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish modeli taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlarini ijodiy, ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasiga milliy va madaniy jihatdan identiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlarni o‘rganishda tahlil usullaridan foydalanishning metodik jihatlarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni bosqichlari o‘quvchilarning matn, tasvir ko‘rinishidagi o‘quv materiallarini, o‘quv motivlarini vertikal va gorizontal aloqalarga sub’ektiv interpretatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
badiiy asarlarni tahlil etish moduli o‘quvchilarda shaxsiy-kasbiy fazilatlarini milliy mentalikka xos pedagogikaning tarbiyaviy imkoniyatlarining praksiologik talqinini ifoda etish orqali didaktik jarayonlarni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan OT-F1-118 raqamli “Bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.