Djuraeva Gavxar Normuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy madaniy kompetensiyalarini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2975.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kalandarova Safiya Toxirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy madaniy kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy sifatlari mamlakatshunoslikka oid bilimlarni shakllantirish, o‘zga tildagi suhbatdoshning fikri va his tuyg‘ulariga muloqot davomida umuminsoniy qadriyatlar intrepretatsiyasi orqali ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning chet tilda shaxslararo va madaniyatlararo muloqotini amalga oshirish imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy kompensator va nemis tili faol leksikasini o‘rgatishga qaratilgan sohasiga oid mavzular shaklida kiritilgan yozma nutqiy hamda semantik mashqlardan foydalanish asosida rivojlantirilgan;
talabalarning mamlakatshunoslikka oid bilimlari leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tillararo leksik muammolarni tahlil qilish indikatorini ustuvor omil sifatida biriktirish hamda kommunikativ va kompetensiyaviy identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ijtimoy-madaniy kompetensiyalari til birliklarning madaniy axamiyatini bashoratlovchi sabab-qadriyatli munosabatlarning validligini til o‘rganishga qo‘yiladigan talablarning vaziyatga moslashuvchanligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
talabalarning kasbiy sifatlari mamlakatshunoslikka oid bilimlarni shakllantirish, o‘zga tildagi suhbatdoshning fikri va his tuyg‘ulariga muloqot davomida umuminsoniy qadriyatlar intrepretatsiyasi orqali ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada, turizm sohasida talabalarning madaniyatlararo kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
talabalarning chet tilda shaxslararo va madaniyatlararo muloqotini amalga oshirish imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy kompensator va nemis tili faol leksikasini o‘rgatishga qaratilgan sohasiga oid mavzular shaklida kiritilgan yozma nutqiy hamda semantik mashqlardan foydalanish asosida rivojlantirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talabalarini chet tilni o‘rgatish jarayonida madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning mamlakatshunoslikka oid bilimlari leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tillararo leksik muammolarni tahlil qilish indikatorini ustuvor omil sifatida biriktirish hamda kommunikativ va kompetensiyaviy identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar 01-F1-126 raqamli “O‘zbekiston yoshlarida pedagogik-psixolik etuklik ko‘rsatkilarini o‘rganishni ilmiy asoslash va amaliyotga tatbiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirish amaliy modelini takomillashtirishga erishilgan;
talabalar ijtimoy-madaniy kompetensiyalari til birliklarning madaniy axamiyatini bashoratlovchi sabab-qadriyatli munosabatlarning validligini til o‘rganishga qo‘yiladigan talablarning vaziyatga moslashuvchanligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi monitoringi SEFR baholash mezonlari orqali aniqlashga erishilgan.