Xojanov Sharapatdin Baltaniyazovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq tilidagi antonimlarning semantikasi, morfemik tarkibi va uslubiy vazifalari», 10.00.03–Qoraqalpoq tili. Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil204.
Ilmiy rahbar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universtiteti, DSc.27.06.2017 Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Ayimbetov Maqset Qallievich, filologiya fanlari doktori, professor; Al`niyazov Aytmurat Ismaylovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hozirgi qoraqalpoq tilida antonimlar semantikasi, morfemik tarkibi, struktur-sistem tabiati va funksional-uslubiy xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida antonimlarning shakllanish bosqichlari, semantikasi, til sathidagi o‘rni va funksional-uslubiy xususiyatlari aniqlangan;
borliq olamdagi mavjudlikning dual tuzilishi haqidagi qarashlarning til birliklariga ta’siri natijasida har bir milliy tilda shaklan farqlanuvchi so‘zlardan iborat antonimlar vujudga kelganligi isbotlangan;
antonimlarning sinonimiya, polisemiya, enantiosemiya va frazeologiya hodisalari bilan o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari oydinlashtirilgan;
antonimlar tizimi bevosita qarama-qarshiliklarni anglatuvchi leksik birliklar va pragmatik ziddiyatlarni ifodalovchi antonimlarga bo‘linishi dalillangan;
qoraqalpoq tili antonimlari tuzilishiga ko‘ra monotip (bir o‘zakli) va politip (ko‘p o‘zakli, ya’ni ikki, uch, to‘rt va h.k. o‘zakli) paradigmalardan iboratligi asoslangan;
kontekstual antonimlar, antiteza, oksyumoron, kogeziya, maqol-matallardagi antonimiya va antonimik derivatsiyaning badiiy asarlarda kontrast ma’noni ifodalovchi semantik birlik sifatidagi xususiyatlari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq tililug‘at tarkibidagi antonimiya hodisasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dissertantning antonimlar semantikasi, morfemik tarkibi va uslubiy vazifalariga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan «Ulio‘ma bilim berio‘ mekteplerinde innovatsiyaliq pedagogikaliq texnologiyalardan paydalanio‘» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 11 iyuldagi 01-01/10-2810-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflarida o‘qitiladigan «Ona tili» va «Qoraqalpoq tili» darslarida antonimlarga oid mavzularning mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
antonimlarning shakllanish bosqichlari, semantikasi va til sathidagi funksional-uslubiy xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy qarashlar 5120100 raqamli «Filologiya va tillarni o‘qitish (qoraqalpoq filologiyasi)»bakalavriat ta’lim yo‘nalishida uzviylashtirilgan malaka talablari standarti mazmuniga singdirilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2017 yil 14 avgustdagi 01-21-01/1334-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilini o‘qitish davomida talabalarning antonimiya hodisasi haqidagi bilimlari chuqurlashtirilgan;
antonimlarning grammatik xususiyatlari va imlosiga doir nazariy xulosalar, shuningdek, antonimlarning sinonimiya, polisemiya, enantiosemiya va frazeologiya hodisalari bilan o‘zaro munosabatini aks ettiruvchi faktik materiallardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 18 sentyabrdagi FTA-02-11/678-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq tilshunosligida qo‘llanilayotgan komponent va semik tahlil, tilni sistem tadqiq etish metodlari takomillashtirilgan;
antonimlarning qoraqalpoq mumtoz adabiyoti va hozirgi adabiy jarayondagi funksional-uslubiy xususiyatlari hamda kontrast fikrni ifoda etishdagi poetik vazifalariga oid qarashlar Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» nomli turkum eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2017 yil 17 iyuldagi 220-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida aholi keng qatlamlarining nutqiy faoliyatida antonimlarni qo‘llash me’yorlari va samaradorligi borasidagi bilimlarini boyitishga muvaffaq bo‘lingan.