Atanafasov Muhiddin Rahmonovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta va ikkilamchi tolalar aralashmasidan olingan ip xossalarini aniqlash uslubini takomillashtirish” 05.06.01-“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2690
Ilmiy rahbar: Ochilov To‘lqin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Xusan Toxirovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta va ikkilamchi tolalar aralashmasidan olingan ip xossalarini baholash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuvchilik sanoatida chiqadigan qiyqimlardan samarali foydalanish asosida paxta va ikkilamchi tolalar aralashmasidan maxsus kiyimlar uchun ishlatiladigan arqoq iplari ishlab chiqilgan va fizik-mexanik xossalari aniqlangan;
trikotaj iplarining emirilishga chidamliligini aniqlashga asoslangan uslub to‘quvchilik iplari uchun takomillashtirilgan;
piltalash mashinasida nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida piltalarni joylanish tartibi bo‘yicha mahsulot notekisligini kamaytirish usuli ishlab chiqilgan;
paxta va ikkilamchi tolalar aralashmasidan pnevmomexanik yigirish mashinasida olingan iplarning uzilish kuchining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanishlar kichik kvadaratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta va ikkilamchi tolalar aralashmasidan pilta va sifatli ip olish asosida:
taklif etilayotgan paxta va ikkilamchi tola aralashmasidan piltalash mashinasida pilta olish usuli bo‘yicha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “CHACH TEX” MChJ (Toshkent viloyati) korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2022 yil 7 maydagi 03/25-1371-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta va ikkilamchi tola aralashmasidan sifatli ip olishda piltaning notekislik ko‘rsatkichini 50% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
taklif etilayotgan paxta va ikkilamchi tola aralashmasidan olingan iplarning sifatini aniqlashda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, Buxoro viloyatidagi “Safira-Samira tekstil`” MChJ korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2022 yil 7 maydagi 03/25-1371-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta va ikkilamchi tola aralashmasidan olingan iplarning sifatini 10% ga oshirish imkonini yaratilgan.