Zoxidov Mansur Maxmudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energiya samarador binolarni loyihalashning geliotexnik asoslari» 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T408
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent arxitektura-qurilish instituti».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Shhipacheva Elena Vladimirovna, arxitektura fanlari doktori, professor Uralov Axtam Sindarovich va texnika fanlari doktori, professor Klichev Shavkat Isakovich.
Yetakchi tashkilot: MChJ «QISHLOQQURILISHLOYIHA»
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh nuri bilan isitiladigan binolarni belgilangan solishtirma energiya sarfini ta’minlovchi arxitekturaviy loyixalashning geliotexnik asoslarini va uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
gelioqurilmani qish davrida quyoshdan maksimal energiyani ishlab chiqishni ta’minlaydigan gorizotga nisbatan 600 burchak bilan o‘rnatilishiga nisbatan gelioqurilmani binoning janubiy fasadiga vertikal o‘rnatishni binodan issiqlik yo‘qolishini kamaytirishi va bu echimni yozda binoni qizib ketmasligini oldini olishini hisobga olib gelioqurilmani binoga 90o burchak ostida joylashtirish eng maqsadga muvofiq echim ekanligi isbotlanib berilgan hamda shu asosda geliouylarni loyihalashning yangi talablari ishlab chiqilgan;
isitish davrida quyosh qurulmasini ishlab chiqargan issiqlik energiyasi grafigiga nisbatan binoni shu davr davomida isitish uchun sarflanadigan issiqlik grafigi yuzalarini o‘zaro qoplanish darajasidan kelib chiqqan holda quyosh isitish tizimini binoni isitishga sarflanadigan energiyasini 50-55%, 70-75% va 100% ni ta’minlaydigan gelioqurulmaning kerakli quyosh nurini yutuvchi yuzasini hisoblashning grafo-analitik usuli yaratilgan;
geliouylarni loyihalashda quyosh energiyasi tushishi to‘xtagandan so‘ng xona ichida kerakli harorat turg‘unligini ta’minlash va uni keskin pasayishini chegaralash maqsadida binoni kerakli issiqlikka turg‘unligini ta’minlashda uning to‘suvchi konstruksiyalari uchun issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lgan materiallarni qo‘llash va ularni tashqarisidan issiqlikdan himoyalash usuli ishlab chiqilgan;
quyosh isitish tizimini samaradorligi gelioqurilmaning quyosh issiqligini ishlab chiqarish va binoni issiqlikni yo‘qotish qiymatiga bog‘liqligini nazarda tutgan holda geliouyni maqbul loyiha echimlarini izlashda afzal hajmiy echimlardan foydalanish usuli asoslab berilgan va shuning asosida binolarni loyihalashning oldindan belgilangan solishtirma issiqlik sarfini ta’minlaydigan usuli ishlab chiqilgan;
40o shimoliy geografik kenglik sharoiti uchun qish faslida quyosh harakati traektoriyasida vaqt davomida quyoshning azimuti va balandligini o‘zgarib borishiga mos ravishda binodan tushayotgan soya qo‘shni binoni gelioqurilmasini quyoshdan to‘smasligini ta’minlaydigan geliouylarni er maydonlarida joylashtirishning arxitektura-loyihalash prinsiplari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energiya samarador binolarni loyihalashning geliotexnik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy natijalardan foydalangan xolda “O‘zbekistonda quyosh energiyasi bilan isitiladigan birinchi energiya tejamkor bino” loyihasi ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Burchimulla qishlog‘ida qurilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi №6051/09-07-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqi agentligi (hozirgi O‘zR IMA) tomonidan 2010 yil 12 noyabrdagi 3245-son guvohnomasi). Binoning solishtirma issiqlik sarfi 49,6 kVt soat/m2 yil va qiyosh isitish tizimi bilan hisoblaganda quyosh uyida oddiy uyga qaraganda isitish uchun 8 baravar kam energiya sarflanishi eksperimental ravishda tasdiqlangan bo‘lib, qo‘shimcha xarajatlar 5 yilda qoplanishi aniqlangan;
binoni mavjud holati, qurilish vaqtida va energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llashdan keyingi energiya samaradorligini baholashning yangi yondashuvi hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish uchun optimal echimlari ko‘p variantli loyihalash usuli mavjud 9 qavatli turar-joy binosini energiyasamaradorligini oshirish loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi №6051/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada energiyani tejash bo‘yicha eng tejamkor chora-tadbirlarni aniqlash va iqtisodiy jihatdan samarali echimlarni topish imkonini bergan;
energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Toshkentdagi “Kuylyuk-2” massividagi 4 qavatli 48 kvartirali yirik panelli turar-joy binosini energetik rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-texnik echimlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi №6051/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p xonadonli binolarda energiya iste’molini loyihalash va haqiqiy qiymatlari o‘rtasida sezilarli farqni aniqlashga erishilgan va bunday turdagi binolarni energiya bilan qayta qurish strategiyasi taklif qilingan;
gelioqurilmalar yuzasini hisoblashning grafo-analitik usuli asosida quyosh nuri bilan isitiluvchi energiyasamarador binolarni loyihalashning oldindan belgilangan solishtirma issiqlik sarfini ta’minlash usuli TAQIda “Energiya samarador binolarni loyihalash” fanidan bajariladigan magisterlik dissertatsiyalari va kurs loyiha ishlarini bajarishda o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 16 avgustdagi №6051/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy materiallardan foydalangan holda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyati yaratilgan.