Xal`fin Gali-Askar Rustamovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Uloqsiz yo‘lning barqarorligini oshirish uchun oraliq rel`s qotirgichlarning xolatini baxolash”, 05.08.02 – “Temir yo‘llar va yo‘l ho‘jaligi”; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2207.
Ilmiy rahbar: Lesov Kuvandik Saginovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bondarenko Aleksey Alekseevich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Muxammad Sheralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: AJ “Uzog‘irsanoatloyiha” instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: uloqsiz yo‘lning barqarorligini oshirish uchun oraliq rel`s qotirgichlarning xolatini baxolash uslublarini diagnostika vositalarini ishlab chiqqan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pandrol Fastclip oraliq rel`s qotirgichlari klemmalarini bosish kuchini hisobga olish koeffisienti taklif etilgan va muvozanatning energetik shartlari asosida uloqsiz yo‘l barqarorligini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
poezd harakati tezligining haqiqiy egri chizig‘ini e’tiborga olgan holda xarakatlanuvchi tarkibdagi turli hajmga ega tormozlash o‘qlarini tormozlanishida yuzaga keladigan ishqalanishdan hosil bo‘luvchi qo‘shimcha siljish kuchlarini aniqlash uchun matematik ifodalar ishlab chiqilgan;
eksperimental ma’lumotlarni hisobga olgan holda bo‘ylama kuchlar ta’siri jarayonida rel`s pletlarining bo‘ylama siljishini qotirgich klemmalari bosish kuchi ta’siriga bog‘lanishlari aniqlangan;
nazariy tadqiqotlar va konstruktorlik ishlanmalar asosida oraliq rel`s qotirgichlarning texnik holatini baholash uchun DS-F01 va DS-F02 diagnostika vositalari ishlab chiqilgan;
DS-F01 va DS-F02 diagnostika vositalaridan foydalangan holda, oraliq rel`s qotirgichlarning texnik holatini baholash uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uloqsiz yo‘lning barqarorligini oshirish uchun oraliq rel`s qotirgichlarning holatini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Toshkent yo‘l masofasi (YM-2) da Pandrol Fastclip qotirgichlar klemmalarini bosish kuchini o‘lchash uchun DS-F01 va DS-F02 diagnostika vositalar qo‘llanildi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022 y. 24-martda berilgan 01-890-20-son ma’lumotnoma). Mazkur joriy etish ishlari temir yo‘l mablag‘larini tejash, poezdlarning belgilangan tezlik bilan harakatlanish vaqtida uloqsiz yo‘lning ekspluatatsiya qilish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va uning ishonchliligini oshirish uchun xizmat qiladi. Faqat shikastlarning bitta turi hisobga olinganda iqtisodiy samara 2,1 baravar oshirishga imkonini bergan;
DS-F01 va DS-F02 diagnostika vositalardan foydalanib (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022 y. 24-martda berilgan 01-890-20-son ma’lumotnoma), Pandrol Fastclip qotirgich uzellarining texnik holatini baholash uslublari ishlab chiqildi. Oraliq rel`s qotirgichlari holatini taklif etilgan baholash uslubini qo‘llashdan erishilgan natijalardan choksiz yo‘lning rel`s o‘ramlarini ko‘ndalang siljishga pogon qarshiliklarining haqiqiy qiymatlarini baholash, yo‘lni bo‘ylamasiga qo‘chishini prognozlash, yo‘l otilib chiqish ehtimolini baholash, klemmalarni rel`s tovoniga bosish kuchini oshirishga qaratilgan ishlarni bajarish muddatlari va hajmini rejalash, shuningdek rel`s qotirgichlari uzellari holatiga qarab poezdlar harakat tezligini kamaytirish zaruratini asoslab berish uchun foydalanish imkonini bergan.