Sapaeva Zulfiya Amangaldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Diabetik nefropatiyani erta tashxislashning kliniko-diagnostik va genetik xususiyatlari” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib623.
Ilmiy rahbar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek millatida diabetik nefropatiya rivojlanishini erta tashxislashda klinik-diagnostik va genetik omillarning ta’sirini kompleks tahlillar natijalariga asoslangan holda baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub bemorlarda diabetik nefropatiya rivojlanishi va tarqalishi uchun xavf omili sifatida AGTR1 genining A1166C polimorfizmi va MTHFR genining C677-T polimorfizmi allelari va genotiplarining uchrash darajasi aniqlangan;
ilk bor diabetik nefropatiya asoratining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi molekulyar genetik prediktorlardan AGTR1 genining A1166S polimorf markerining S/S genotipining va MTHFR genining S677-T polimorf markerining S/T genotipining himoya xususiyatining ijobiy ahamiyati aniqlangan;
o‘zbek millatiga mansub, diabetik nefropatiya bilan kasallangan bemorlarda kasallikning kechishi va asoratlarning rivojlanishining erta markeri sifatida mikroal’buminuriya kuzatilishi va buyrak tomirlari dopplerografiyasi xulosasi ekanligi asoslangan;
o‘zbek millatiga mansub 2-tip qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning standart tekshiruviga genetik testni kiritish orqali diabetik nefropatiya rivojlanishini erta tashxislashning diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabetning ikkinchi turidagi bemorlarda diabetik nefropatiya rivojlanishini erta tashxislashning kliniko-diagnostik va genetik xususiyatlarini baholash natijalari asosida:
diabetik nefropatiyani tashxislashning xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Diabetik nefropatiyani erta tashxislashning klinik-diagnostik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2021y 9 dekabrdagi 8n-r/1229-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma qandli diabetning ikkinchi turidagi diabetik nefropatiyaning klinik-diagnostik xususiyatlarini baholashni takomillashtirish imkonini bergan;
qandli diabetning ikkinchi turidagi bemorlarda diabetik nefropatiyani erta tashxislashning klinik-diagnostik va genetik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati endokrinologiya ilmiy-amaliy markaziga, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi 8n-z/83-son ma’lumotnomasi) tatbiq qilingan. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘zbek millatiga mansub bemorlarning standart tekshiruv usullari algoritmiga genetik tekshiruv usulining kiritilishi diabetik nefropatiyaning patogenetik mexanizmiga ijobiy ta’sir etishi, natijada, samarali davolash usulini tanlash, kasallik asoratlarini rivojlanishini erta aniqlash va asoratlar tufayli kelib chiqadigan nogironlikning oldini olishga erishish hamda gemodializgacha bo‘lgan davrni uzaytirish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish