Xayitboev Muxammadi Israpilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1012.
Ilmiy rahbar: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish maqsadida buxgalteriya hisobida 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schyotini kiritish zarurligi ilmiy asoslangan;
xaridorlar bilan yuzaga keladigan da’volarni bartaraf etish maqsadida 2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralar hisobidagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
9160-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar tannarxi» va 9170-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar tannarxi» ishchi schyotlarining tovar-moddiy zaxiralar ichki auditi ob’ekti tarkibiga kiritish ilmiy asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish maqsadida buxgalteriya hisobida 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ va «Jomboydonmahsulotlari» AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Jizzaxdonmahsulotlari» AJning 2022 yil 4 fevraldagi 95-son va «Jomboydonmahsulotlari» AJning 2022 yil 24 fevraldagi 200/03-son ma’lumotnomalari). Natijada, bir yillik o‘simliklarni buxgalteriya hisobida alohida va to‘g‘ri aks ettirish ta’minlanib, «Zaxiralar» nomli 2-son BHXS hamda «Qishloq xo‘jaligi» nomli 41-son BHXS talablarining bajarilishiga xizmat qilgan;
xaridorlar bilan yuzaga keladigan da’volarni bartaraf etish maqsadida 2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» ishchi schyotini hisob siyosatiga kiritish bilan bog‘liq taklifi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ va «Jomboydonmahsulotlari» AJ hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Jizzaxdonmahsulotlari» AJning 2022 yil 4 fevraldagi 95-son va «Jomboydonmahsulotlari» AJning 2022 yil 24 fevraldagi 200/03-son  ma’lumotnomalari). Buning natijasida, xaridorlar bilan yuzaga keladigan da’volarning buxgalteriya hisobida bartaraf etilishi ta’minlanib, moliyaviy natijalarning to‘g‘ri shakllanishiga erishilgan;
tovar-moddiy zaxiralar hisobidagi noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schyotini kiritish bilan bog‘liq taklifi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ va «Jomboydonmahsulotlari» AJ hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Jizzaxdonmahsulotlari» AJning 2022 yil 4 fevraldagi 95-son va «Jomboydonmahsulotlari» AJning 2022 yil 24 fevraldagi 200/03-son  ma’lumotnomalari). Natijada, xaridorlardan qaytgan tovarlar hisobining alohida yuritilishi ta’minlanib, buxgalteriya axborotlarining aniqligi va shaffofligi oshishiga erishilgan;
9160-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar tannarxi» va 9170-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar tannarxi» ishchi schyotlarining tovar-moddiy zaxiralar ichki auditi ob’ekti tarkibiga kiritish bo‘yicha taklifi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJ va «Jomboydonmahsulotlari» AJ ichki audit dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan («Jizzaxdonmahsulotlari» AJning 2022 yil 4 fevraldagi 95-son va «Jomboydonmahsulotlari» AJning 2022 yil 24 fevraldagi 200/03-son  ma’lumotnomalari). Buning natijasida, tovar-moddiy zaxiralar ustidan nazoratning kuchayishiga va ichki audit ishi sifatining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish