Abdinazarova Xidoyatxon Oripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona iqtisodiy rayoni kimyo sanoati hududiy tarkibini rivojlantirish va takomillashtirish», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr59.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori; Erdanov Latif Nuralievich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona iqtisodiy rayonida kimyo sanoatini yanada rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati turli tarmoqlari korxonalarini joylashtirish omillarining (xomashyo, yoqilg‘i-energetika, mehnat resurslari, iste’mol, texnologik, ekologik) ta’sir darajasi Farg‘ona iqtisodiy rayonining tabiiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
Farg‘ona iqtisodiy rayoni kimyo sanoati ixtisoslashuv koeffisienti ko‘rsatkichlaridan (Ki = 1,04 dan 10,8 gacha) kelib chiqib iqtisodiy rayonda kimyo sanoati klasterlari tizimini tashkil etish asoslangan;
ArcGIS dasturida kimyo sanoati ixtisoslashuvi, mahsulot hajmi, korxonalar soni va joylashuviga oid ma’lumotlar bazasini tuzish asosida Farg‘ona iqtisodiy rayoni kimyo sanoatining mavzuli kartalari (kimyo sanoatining zamonaviy holati, kimyo sanoati klasterining istiqbolli hududiy tuzilishi kartalari) yaratilgan;
matematik modellashtirish orqali Farg‘ona iqtisodiy rayonida kimyo sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona iqtisodiy rayoni kimyo sanoatini rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo sanoati turli tarmoqlari korxonalarini joylashtirish omillarining (xomashyo, yoqilg‘i-energetika, mehnat resurslari, iste’mol, texnologik, ekologik) ta’sir darajasini Farg‘ona iqtisodiy rayonining tabiiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 25 martdagi 06/16-01-10/10-4947-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodiy viloyatlarida kimyo sanoati yangi korxonalarini barpo qilish loyihalari doirasida ularni joylashtirish afzalliklari va kamchiliklarini baholash imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona iqtisodiy rayoni viloyatlari kimyo sanoati ixtisoslashuv koeffisienti (Ki = 1,04 dan 10,8 gacha) ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda iqtisodiy rayonda kimyo sanoat klasterlarini tashkil etish ishlanmasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 25 martdagi 06/16-01-10/10-4947-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi ma’muriy hududiy birliklar doirasida kimyo sanoatining o‘sish qutblari, o‘sish nuqtalari va rivojlanmagan nuqtalarini aniqlash imkonini bergan;
ArcGIS dasturida kimyo sanoati ixtisoslashuvi, mahsulot hajmi, korxonalar soni va joylashuviga oid ma’lumotlar bazasini tuzish asosida yaratilgan Farg‘ona iqtisodiy rayoni kimyo sanoatining mavzuli kartalari (kimyo sanoatining zamonaviy holati, kimyo sanoati klasterining istiqbolli hududiy tuzilishi kartalari)dan hududdagi har bir shahar va tumanlar kimyo sanoat kartalarini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq huzuridagi Er kadastr agentligining 2021 yil 2 dekabrdagi 08-06768-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur hududlarning kimyo sanoati ishlab chiqarish mavzusidagi kartalarning ma’lumotlar bazasini boyitish imkonini bergan;
matematik modellashtirish orqali Farg‘ona iqtisodiy rayonida kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 25 martdagi 06/16-01-10/10-4947-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kimyo sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha istiqbol yo‘nalishlarini belgilash va uning hududiy tarkibini yanada takomillashtirish imkonini bergan.