Hasanova Dilfuza Odilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida shaxs sotsial belgilarini ifodalash omillari, vositalari va usullari”, 10.00.01– O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/Fil101.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganova Durdona, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid, filologiya fanlari doktori, dotsent; Majidova Ra’no, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida shaxs sotsial tavsifining ifodalanish omillari, vositalari va usullarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnosotsial tafakkurning o‘zbek tili tizimida shaxs sotsial belgilaridagi verbal ifoda vositalari va usullarining nutqiy voqelanishdagi lisoniy va pragmatik omillarning hamkorligi, ularning muayyanlashuvi hamda muvofiqlashuvi ochib berilgan;
sotsial stereotiplarning til sotsiallashuv omili sifatidagi voqelanishida metafora, frazeologizm, maqol, matal, qiyosiy ifodalardagi lisoniy jarayonlar sotsial tiplar, sotsial rollar hamda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar nolisoniy omillar hamkorligida antropopragmatik jihatdan asoslangan;
shaxsning sotsial belgilari va ularning lisoniy birliklar tabiatidagi o‘zgarish omillari, borliqning lisoniy tasnifida sotsial tip, stereotip va rollarning nutqiy ko‘rinishdagi ifodalanishi ochib berilgan;
shaxs sotsial belgilarini ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalar va usullar hamkorligining nutqiy sistemada lisoniy ziddiyatlar orqali reallashuvi so‘zlashuv nutqi va badiiy asarlarda qo‘llanilgan shaxs sotsial belgilarini ifodalovchi leksik birliklar asosida aniqlangan;
shaxs sotsial belgilarini ifodalovchi so‘zlarning o‘zbek tili lug‘atlarida berilgan leksikografik talqinida yoshga, jinsga hamda kasb-korga ko‘ra nomlanishi, qo‘llanishi hamda gender xususiyatlarining sabab va omillari lisoniy va nolisoniy jihatdan o‘zaro muvofiq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi shaxsning sotsial belgilari, vositalari va usullarini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sememaning voqelanishidagi lug‘aviy ma’no ko‘rinishi, sememaning atash semalari kuchsizlanishi, kuchayishi, ko‘chma nutqiy lug‘aviy ma’noning voqelanishi, atash va ifoda semalari, lug‘aviy grammatik ma’noning yuzaga kelishi haqidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti 2003-2007 yillarda amalga oshirilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishning innovatsion metodlari” mavzusidagi F – 7.2.1 (PFI-1 fundamental tadqiqotlar bo‘yicha) raqamli fundamental loyihada o‘zbek tilshunosligi talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-95-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha til birliklarining sotsial xususiyatiga oid leksema ma’nolari yangi ilmiy dalillar asosi boyitilgan;
o‘zbek tilshunosligining keyingi davr rivojida o‘zbek milliy tili, adabiy nutqining chetlab o‘tilgan yoki davr talablari darajasiga ko‘tarilmagan, maxsus tadqiq qilinmagan hodisalarni tezkorlik bilan o‘rganishga katta ahamiyat berilganligi xususidagi xulosalardan 2015-2018 yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan ERASMUS+JP–ModeHEd ("Modernizing Health Education in the Uzbek Universities") – “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida sog‘liqni saqlashning o‘quv fanlari bo‘yicha texnologiyalarni modernizatsiya qilish” qismini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-95-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tilning inson hayotiy faoliyatidagi o‘rnini ochib berishda muayyan ijobiy samaraga erishilgan;
har bir tilda shaxs o‘ziga xos ravishda tavsiflanishi, bu tavsiflar, bir tomondan, lisoniy va nolisoniy, ikkinchi tomondan, lisoniy va nutqiy xususiyatlarga ega ekanligi, shaxs sotsial belgilarini ifodalash serqirra hodisa bo‘lganligidan bu jarayon turli omillar, vositalar va usullar yordamida kechishi yuzasidan olingan xulosalardan 2015-2017 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining fundamental tadqiqotlar bo‘yicha A 1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish” nomli ilmiy loyihasida shaxs sotsial belgilari omillarini aniqlash,shaxs sotsial belgilarini ifodalash usullarini oydinlashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-95- son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha til va jamiyat, til va sotsium munosabatlarini ilmiy o‘rganish yanada dolzarblik kasb etganligi va bu madaniyatlararo muloqot masalalarini yoritishda yangicha nazariy yondashuvlar bilan bog‘liqligi xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
umumtildagi ko‘p ma’noli leksik birlikning alohida lingvistik hodisaning mavjudligini ko‘rsatishi va shaxsni jinsiga ko‘ra tavsiflovchi leksik birliklar ma’no tarkibi jihatidan bir yoki birdan ortiq ma’noni bildirishi, shaxsni jinsiga ko‘ra ifodalovchi bir ma’noli so‘zlar jinsga mansublikni ifodalovchi ko‘p ma’noli so‘zlar haqida chiqarilgan xulosalaridan 2017-2018 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan 0-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” innovatsion tadqiqot loyihasida bank-moliya terminlarining ko‘p tilli tarjima lug‘atlarida so‘zga ekvivalent tanlashda lisoniy va nutqiy ifodalanishni yoritish uchun amalga oshirish usullarini asoslashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining2020 yil 6 yanvardagi 89-03-95-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi leksikografik talqinlarning nazariy asosi yanada mukammallashuviga xizmat qilgan;
sotsial stereotiplarning til sotsiallashuvi omili sifatidagi o‘ziga xos antropo-pragmatik jihatlariga doir ishlab chiqilgan tavsiyalardan 2017-2019 yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan “574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP«RUECVET” mavzusidagi xalqaro loyihaning “Rossiya va O‘zbekistonda kasbiy ta’lim Evropa kredit o‘tkazma tizimini sinovdan o‘tkazishga bag‘ishlangan qismini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-95-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha borliq hodisalarining asosiy xususiyati – ularning dialektik nuqtai nazardan serqirraligi, homo loquensga xos murakkablik uning asosiy mavjudlik quroli bo‘lgan tilida to‘laligicha namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.