Xidirova Munavara Rustamovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Tog‘ay Murod asarlari poetikasi va ijod jarayonining o‘rganilishi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1111.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qosimov Usmon, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Hotamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adib iste’dodi va shaxsining o‘ziga xosligi, badiiy mahorati, asarlarining yaratilishi, ijodiy-uslubiy tadriji va hayot haqiqatining obrazlarda aks ettirilishi jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tog‘ay Murod ma’naviyati, tafakkuri, dunyoqarashi, shaxsiyati, ruhiyati asarlaridagi Aqrab, Dehqonqul, Bo‘ri polvon, Qoplon, Ziyodulla chavandoz, Botir firqa kabi qahramonlari xarakterida aks etganligi hamda uyg‘unlashganligi aniqlangan;
yozuvchining “Yulduzlar mangu yonadi”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Ot kishnagan oqshom”, “Momo Er qo‘shig‘i” qissalari, “Otamdan qolgan dalalar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlarining yaratilish tarixini aniqlashda bolalik xotiralari, ayniqsa, ijodkorning “Kundalik daftarlari” muhim va ishonchli manba bo‘lib xizmat qilganligi isbotlangan;
asarlarda “Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, tovoni yoriq”, “Og‘zing to‘la qon bo‘lsayam, dushmaning oldida tupurma”, “Nomi ulug‘, suprasi quruq” singari maqollar, “Arpaga urpoq bo‘lmaydi”, “Chillasida chiroq ko‘rmagan”, “Qulog‘i ding bo‘ldi”, “Tuya ko‘rdingmi – yo‘q?” kabi iboralar, badiiy takrorlar, nasriy-sa’jlar ko‘p uchraganligi sababli adib uslubida xalqona ifoda ustuvorlik qilganligi dalillangan;
o‘zbek tanqidchiligida adib qahramoni Dehqonqul obraziga “manqurt”, “Oydinda yurgan odamlar” qissasiga nisbatan “almisoqdan qolgan feodalizm sarqitlarini aks ettirgan” asar deya berilgan ta’riflar mafkuraviy ta’sir ostidagi noxolis yondashuvlar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘ay Murod asarlari poetikasi va ijod jarayonining o‘rganilishi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Tog‘ay Murod ma’naviyati, tafakkuri, dunyoqarashi, shaxsiyati, ruhiyati asarlaridagi Aqrab, Dehqonqul, Bo‘ri polvon, Qoplon, Ziyodulla chavandoz, Botir firqa kabi qahramonlari xarakterida aks etganligi, ular bilan uyg‘unlashganligi haqidagi xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 25 dekabrdagi 17.01/10-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasining fol`klorshunoslik va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq etishga bag‘ishlangan bobining boyitilishiga xizmat qilgan;
yozuvchining “Yulduzlar mangu yonadi”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Ot kishnagan oqshom”, “Momo Er qo‘shig‘i” qissalari, “Otamdan qolgan dalalar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlarining yaratilish tarixini aniqlashda bolalik xotiralari, ayniqsa, ijodkorning “Kundalik daftarlari” muhim va ishonchli manba bo‘lib xizmat qilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, yosh ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 17 fevraldagi 01-003/269-son ma’lumotnomasi). Natijada Tog‘ay Murod hikoyalari, qissa va romanlarining yaratilish jarayoni va holatlari o‘rganilib, tinglovchilar bilimi kengayishiga erishilgan;
asarlarda “Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, tovoni yoriq”, “Og‘zing to‘la qon bo‘lsayam, dushmaning oldida tupurma”, “Nomi ulug‘, suprasi quruq” singari maqollar, “Arpaga urpoq bo‘lmaydi”, “Chillasida chiroq ko‘rmagan”, “Qulog‘i ding bo‘ldi”, “Tuya ko‘rdingmi – yo‘q?” kabi iboralar, badiiy takrorlar, nasriy-sa’jlar ko‘p uchraganligi sababli adib uslubida xalqona ifoda ustuvorlik qilganligi haqidagi xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 25 dekabrdagi 17.01/10-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.
o‘zbek tanqidchiligida adib qahramoni Dehqonqul obraziga “manqurt”, “Oydinda yurgan odamlar” qissasiga nisbatan “almisoqdan qolgan feodalizm sarqitlarini aks ettirgan” asar deya berilgan ta’riflar mafkuraviy ta’sir ostidagi noxolis yondashuvlar xususida O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Oydin hayot”, “Munozara maydoni”, “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 17 fevraldagi 02-02-404-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar mazmuni yangi ilmiy-adabiy manbalar bilan boyitilgani e’tirof etilgan.