Turkmenov Farrux Nuritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped929. 
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Meliev Hamid Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.    
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalashning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuni motivatsion-emotsional, mazmunli, faoliyatli kabi bosqichlarni jismoniy madaniyatning sog‘lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi komponentlari bilan uzviyligini ta’minlash asosida rivojlantirilgan; 
“Universiada”, “Balli, qizlar”, “Balli, yigitlar”, “Alpomish avlodlari”, “Barchinoy izdoshlari” milliy sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalashning ommaviy, jamoaviy, guruhiy shakllari va munozara, dramafon, ishbop o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, o‘z o‘rningni top, o‘yin portfoliosi kabi interaktiv metodlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishning sub’ektivlik, individuallik, identifikatsiya (o‘xshashlik), refleksivlik singari pedagogik tamoyillari bilan axloqiy-estetik tarbiyaning intensiv aloqadorligini ta’minlash imkoniyatlari aniqlashtirilgan; 
sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazishda talabalarni axloqiy-estetik tarbiyalashning maqsadga yo‘naltirilganligi, ehtiyojlarning anglanganligi, ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlik, ongli intizom, o‘z-o‘zini tarbiyalash kabi ijtimoiy-pedagogik parametrlari hamda hamkorlik va loyihaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik hamda amaliy tavsiyalar asosida: 
oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmunini takomillashtirishga oid takliflar “Kasbiy ta’lim metodlarini tanlash va qo‘llash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i asosida berilgan 356/7-066 raqamli guvohnomasi). Natijada sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni,  axloqiy-estetik tarbiyalashning mexanizmlari (ishchanligi, chidamliligi, vatanparvarligi, fidoyiligi, tolerantligi, raqibini hurmat qilishi, go‘zallikni his eta olishi,  fuqarolik pozisiyasining mustahkamligi) nazariy metodologik, pedagogik-psixologik jihatdan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash parametrlarini kengaytirishga oid takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini ta’minlash” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 24-maydagi 02/02-89-552-1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida talabalarni sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash texnologiyalari asosida fan dasturlarining tarkibi, mazmuni innovatsion pedagogik, tizimli, integrativ, refleksiv yondashuvlar hamda uzviylik va uzluksizlik prinsipiga tayangan holda takomillashtirilgan;
sport va jismoniy tarbiyaning shaxsni axloqiy-estetik tarbiyalashdagi imkoniyatlari va oliy ta’lim tizimidagi sportni ommalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalari asosida “Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish” hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” o‘quv modullari bo‘yicha uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 8 iyuldagi 03-17-02/3756-son ma’lumotnomasi). Natijada sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘llari, imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish mexanizmlari ilg‘or xalqaro hamda mahalliy tajribalarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
sport va jismoniy tarbiyaning shaxsni axloqiy-estetik tarbiyalashdagi imkoniyatlari va oliy ta’lim tizimidagi sportni ommalashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 10 martdagi 02-406-403 – son ma’lumotnomasi). Natijada sport bayramlarini tashkil etish va o‘tkazish vositasida talaba-yoshlarni axloqiy-estetik tarbiyalashning maqsadga yo‘naltirilganligi, ehtiyojlarning anglanganligi, ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlik, ongli intizom, o‘z-o‘zini tarbiyalash kabi ijtimoiy-pedagogik tamoyillarini rivojlantirishga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish