Egamov Behzodbek Yuldashalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozon osti bezi kistalarida turli xirurgik davo turlarini taqqoslab tahlil qilish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1451.
Ilmiy rahbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibullo Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajonov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand dalat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diagnostikani hamda optimal jarrohlik taktikasini tanlashni takomillashtirish orqali oshqozon osti bezi kistalari bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir pankreatitning pankreonekrozga olib keladigan asoratlangan klinik kechishining tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini va og‘irlik darajasini ob’ektiv baholashga imkon beruvchi patognomonik mezonlari aniqlangan;
kasallik og‘ir shaklining turli klinik variantlarida jarrohlik aralashuvi murakkabligini tashrixdan avval baholash samaradorligining hamda o‘tkir pankreatitning kechish og‘irlik darajasini verifikatsiyalash mezonlari aniqlangan;
xirurgik davolash usullarini bosqichma-bosqich qo‘llash bilan faol kutish taktikasi klinik holatni stabillashtirishga, endogen intoksikatsiyani kamaytirishga, pankreonekroz asoratlari rivojlanishini to‘xtatishga, kechiktirilgan ochiq tashrix xavfi va hajmini kamaytirishga, bemorlarni yashab qolishini oshirishga imkon berishi isbotlangan;
jarrohlik taktikasi va xirurgik aralashuv usulini tanlash oshqozon osti bezining postnekrotik kistasining shakli va kapsulasining qalinligiga, ko‘p kameraliligi hamda sekvestrlarning mavjudligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligi morfologik tadqiqotlar orqali isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon osti bezi postnekrotik kistalarida turli xirurgik davolash turlarini taqqoslab tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oshqozon osti bezining postnekrotik kistalarini xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oshqozon osti bezining postnekrotik kistalarini xirurgik davolash taktikasini tanlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8n-r/516-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operativ aralashuv turini tanlashga differensiallashgan yondashuvni qo‘llash orqali oshqozon osti bezining postnekrotik kistalarining tashxisotini hamda xirurgik davolash taktikasini takomillashtirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM 1- va 2-son gepatobiliar xirurgiya va jigar transplantatsiyasi bo‘limlari xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali klinik faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8n-r/516-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash algoritmi oshqozon osti bezining postnekrotik kistasi kuzatilgan bemorlarda takroriy aralashuvlar chastotasini 13,0% dan 1,9% gacha, tashrixdan keyingi erta asoratlarni 25,9% dan 9,8% gacha, gospital o‘lim darajasini 5,6% dan 1,9%gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish