Xolmuratov Akmal Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Total anomal o‘pka tomirlari drenaji bo‘lgan bemorlarni diagnostikasi va jarrohlik davolashni optimallashtirish», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2002.
Ilmiy rahbar: Abralov Xakimjon Qobuljonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori; Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi AJ» (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka venasining total anomal drenaji bo‘lgan bemorlarni diagnostikaning zamonaviy usullarini qo‘llash va jarrohlik korreksiya usullarini takomillashtirish yo‘li bilan xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pka venasi total anomal drenajida rejali tashrix muddatlari va shoshilinch xirurgik aralashuvlarga ko‘rsatmalar nuqsonning anatomik varianti, o‘pka venalari teshigining torayishi mavjudligi hamda bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni o‘lchamlaridan bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
o‘pka venasi total anomal drenajida xirurgik davolash natijalari hamda yurakning hajmli-chiziqli ko‘rsatkichlari o‘rtasida prognostik qonuniyatni baholash imkonini beruvchi asosiy xavf omillari va tashrihdan keyingi asoratlar prediktorlari aniqlangan;
o‘pka venalari total anomal drenajining suprakardial shaklida qonning o‘pka venalari orqali chap bo‘lmachaga to‘siqsiz o‘tishiga erishgan holda etarli kenglikdagi qon tomir anastomozini yaratish imkonini beruvchi hamda tezkor va rejali tashrixlarga ko‘rsatma bo‘lgan bemorlarda yosh mezoni bo‘yicha cheklovlar yo‘qligi bilan tavsiflanuvchi xirurgik davolash usuli takomillashtirilgan;
o‘pka venalari total anomal drenaji tashxisotida qo‘llaniladigan instrumental tekshirish usullarining sezuvchanligi, spesifikligi va umumiy aniqligi diagnostik algoritmda ularning o‘rni va ahamiyatiga aniqlik kiritilgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka venalarining total anomal drenaji bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘pka venalarining total anomal drenajini xirurgik korreksiyasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘pka venalarining total anomal drenajini xirurgik korreksiya qilish usuli» takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 08-21573-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul qonning o‘pka venalaridan yurak chap bo‘lmachasiga to‘sqinliksiz o‘tishiga erishish, xirurgik aralashuv vaqtini sezilarli darajada qisqartirish, tashrixdan keyingi asoratlar xavfini kamaytirish va tashrixdan keyingi reabilitatsiya muddatini qisqartirish imkonini bergan;
o‘pka venalarining total anomal drenaji bo‘lgan bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘pka venalarining total anomal drenaji bo‘lgan bemorlarda tashxislash va xirurgik davolashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 08-21573-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘pka venalarining total anomal drenajida nuqsonning anatomik varianti va gemodinamik xususiyatlariga bog‘liq holda, shoshilinch xamda rejali xirurgik aralashuvlar uchun ko‘rsatmalarni aniqlash imkonini bergan;
o‘pka venalarining total anomal drenaji bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM, Milliy bolalar tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi 08-21573-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi, o‘pka venalarining total anomal drenajini xirurgik korreksiyasining standart usullari bilan taqqoslanganda, qoniqarsiz natijalar ulushini 46% dan 14% gacha kamaytirishga va tashrixdan keyingi asoratlarni 34% dan 12% gacha qisqartirishga imkon bergan.