Jalolov Sherzod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlari», 12.00.09 — Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi  ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu168.
Ilmiy rahbar: Inagamdjanova Zumratxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Dsc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar:   Pulatov    Yuriy    Sayfievich,   yuridik   fanlar    doktori, professor;  Baratov Azim Shamsievich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik yondashuvi asosida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi ishlab chiqilib, bunda «muayyan toifadagi jinoyatlar, jinoyatchi shaxslar va mazkur jinoyatni sodir etish sharoitlari to‘g‘risidagi, ularni ochish va oldini olishga qaratilgan, tipik hamda o‘zaro bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish usullarining asosiy elementlaridan iborat ma’lumotlar» tushunilishi zarurligi, mazkur tavsifning asoslarini jinoyatni sodir etish usullari, jinoyat izlari, jinoyatchining shaxsi, motiv va maqsadlari, jinoyat sodir etish shart-sharoitlari (joyi, vaqti) kabi elementlar kompleksi tashkil qilishi asoslantirilgan;
«mamlakatda korrupsiya holati tizimli tahlil qilinishini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash»ni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash zarurligi asoslab berilgan;
«Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, birinchi navbatda, korrupsiyaga oid O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar etkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qilish tartibini joriy etish» maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib berilgan;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlaridan biri sifatida «korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, korrupsiyaning ommaviylashuv omillarini tizimli tahlil qilish maqsadida qonunchilik, shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchilikka muvofiq jinoyat ishlari materiallarini o‘rganish huquqi»ni mustahkamlash kerakligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
“korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar kriminalistik tavsifining asosiy elementlari” tushunchasiga doir konseptual g‘oya va takliflar «Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti» nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 7 dekabrdagi 1000-son buyrug‘i). Bu esa mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar, professor-o‘qituvchilar, malaka oshirish fakul`teti tinglovchilari, shuningdek korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashuvchi organlar xodimlarining bilim, mahorat va ko‘nikmalari shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalarini to‘ldirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (2020 yil 29 iyun` PF–6013-son) Farmonining 2-bandi birinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 12/21–21-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mamlakatda korrupsiya holatini tizimli ravishda tahlil qilish, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlash borasidagi vazifalarini belgilash hamda davlat organlari, muassasalari, idoralari, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan munosabatlarning tartibga solinishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tergov natijalarini tahlil qilish tartibini joriy etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (2020 yil 29 iyun`, PF–6013-son) Farmonining 3 bandi uchinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 12/21–21-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mamlakatdagi kriminogen vaziyatni aniq belgilash, korrupsion jinoyatlarning umumiy va maxsus profilaktikasini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishning amaldagi mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqlarini kengaytirish va aniqlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (2020 yil 29 iyun`, PF–6013-son) Farmonining 4-bandi beshinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 12/21–21-son dalolatnomasi). Bu esa korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishda mazkur jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy, kriminologik va kriminalistik usullarini qo‘llash samaradorligi yanada oshirilishiga hamda qonun hujjatlarida Agentlikning huquqlari yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning kriminalistik klassifikatsiyasi va tipologiyasi, ular bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida o‘tkaziladigan tergov harakatlari, tezkor-qidiruv tadbirlari, taktik operatsiyalar algoritmi hamda ularda qo‘llaniladigan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kriminalistik texnika vositalari to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimining faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 24 noyabrdagi  26/4357-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, bo‘linmalarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga toqatsizlik va murosasizlik muhitini yaratish, shaxsiy tarkib o‘rtasida salbiy  holatlarni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish