Po‘latov Azizxon Saidakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Jinoyat protsessida guvohning protsessual maqomi va uni takomillashtirish masalalari», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu445.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Faxriddin Muxiddinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Shohrud Farmonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida guvohning hukuqiy maqomini tashkil qiluvchi normalarni ochib berish, bu sohadagi ilmiy-amaliy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda ishtirok etuvchi qonuniy vakil yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshlar, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili so‘roq qilish tergov harakatlarida so‘roq qiluvchi shaxsning ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkinligi xaqidagi protsessual qoidalarning qonunga kiritilishi kerakligi asoslangan;
voyaga etmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish stenografiyasi, ular ko‘rsatuvlarining audio- va video-yozuvlarini dalillar manbai sifatida so‘roq qilish bayonnomasiga, sud muhokamasi bayoniga qo‘shib qo‘yishning zarurligi isbotlangan;
ishni sudga qadar yuritish bosqichida guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yishning muhimligi va ob’ektiv sabablarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishini istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallik mavjudligi yohud ularning xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan “ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chog‘ida keyinchalik so‘roq qilish mumkin bo‘lmay qoladi”, deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganida, ularning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yilishi mumkinligi asoslab berilgan;
guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish shartlari, tartiblari hamda guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) qayta so‘roq qilish tartibi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Guvohning protsessual maqomini, unga qonun bilan taqdim etilgan imteyozlarning xususiyatlarini hamda protsessual xavfsizlik choralarini kuchaytirish yo‘llarini tadqiq etish natijalari asosida:
voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshlari, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkazilishi zarurligi haqidagi takliflardan 2019 yil 6 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-587-son) 121-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 06-10/2308-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi voyaga etmagan guvohlarning jinoyat protsessidagi huquq va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish stenografiyasi, ular ko‘rsatuvlarining audio- va videoyozuvlarini dalillar manbai sifatida so‘roq qilish bayonnomasiga, sud muhokamasi bayoniga qo‘shib qo‘yishning zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi O‘RQ-542-sonli Qonunning 121-moddasi oltinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 06-10/2308-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jinoyat protsessida dalillar maqomiga ega ma’lumotlarni saqlash hamda undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
guvoh yoki jabrlanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 121-bobiga oid normalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 06-10/2308-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi, dalillar bazasini kengaytirish, jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash faoliyati imkoniyatlarini ko‘proq ta’minlashga xizmat qilgan.