Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped932.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy raxbar: Ruziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Djamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abduraimov Sherali Saidkarimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va ta’lim jarayonida foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashiga asoslangan gnostik xarakterdagi evristik topshiriqlar, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, muayyan vaziyatlardan chiqish, muammolarga tezkor echim topish ko‘nikmalarining psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi pedagogik-psixologik mexanizmlar aniqlashtirilgan;
rivojlantirivchi ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv-metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual funksional imkoniyatlari o‘quvchilarning tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat mazmunini simulyasiyalash orqali drayver rolini integratsiyalashga qaratilgan ijtimoiy hayotdagi hamkorlik va shaxslararo munosabatlarga kirishish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish sifatlarini oshirishga qaratilgan (motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash) indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish qobiliyatlariga yo‘naltirilgan tendensiyalar, texnik konstruksiyalash va modellashtirishga oid kreativligini rivojlantiruvchi model` mazmunan takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari, integrativ xarakterdagi ijtimoiy kompetentlilikni shakllantirishda ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion o‘quv faoliyatini refleksiyalash, ijtimoiy-madaniy dunyoqarashi bo‘yicha faoliyatli kompetensiyaviy yondashuvlar hamda tadqiqotchilik faoliyatiga oid metodika taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashiga asoslangan gnostik xarakterdagi evristik topshiriqlar, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, muayyan vaziyatlardan chiqish, muammolarga tezkor echim topish ko‘nikmalarining psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi pedagogik-psixologik qarashlar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i asosida berilgan 500-96 raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida ijtimoiy kompetentlilikni tarkib toptirish, integrativ yondashuvdan foydalanish asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
rivojlantirivchi ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv-metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual funksional imkoniyatlari asosida o‘quvchilarning tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat mazmunini simulyasiyalash orqali drayver rolini integratsiyalashga qaratilgan ijtimoiy hayotdagi hamkorlik va shaxslararo munosabatlarga kirishish imkoniyatlaridan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Texnologiya” fani darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 06-06/3-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Texnologiya” fanini o‘qitish, o‘quvchilarni tayanch kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida pedagogik mexanizmlarning imkoniyatlari va integrativ texnologiyalardan foydalanish asosida kengaytirilib, ijtimoiy kompetentlilikni shakllantirish maqsadida real hayotiy vaziyatlarni imitatsiyalash metodidan foydalanish orqali o‘zlashtirishning samaradorligi ta’minlangan;
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari integrativ xarakterdagi ijtimoiy kompetentlilikni shakllantirishda ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion o‘quv faoliyatini refleksiyalash, ijtimoiy-madaniy dunyoqarashi bo‘yicha faoliyatli kompetensiyaviy yondashuvlar, rivojlantiruvchi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyalari, muammoli o‘qitish hamda tadqiqotchilik faoliyatiga o‘rgatishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan YoA5-XT-1-31884-raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2021 yil 23 dekabrdagi 01-20-08/2167-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish asosida integrativ xarakterdagi ijtimoiy kompetentlilikni shakllantirish jarayonini optimallashtirish va bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan.