Komilov Sahob Rasuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatma konstruksiyasi va hisoblash usulini ishlab chiqish», 05.02.02 – «Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2655.
Ilmiy rahbar: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Mamaxonov A’zam Abdumajitovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sobirov Xolxuja Abbozovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatma konstruksiyasi va hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik mashinalarning uzatish mexanizmlari uchun ishchi organlarni texnologik jarayonga tez moslashish imkonini beradgan, zanjirining tarangligi avtomatik ta’minlanadigan o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmaning samarali konstruksiyalari ishlab chiqilgan; 
yangi konstruksiyadagi o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmalarning tarkibidagi koromisloning uzunligi va burilish burchagining o‘zgarishini inobatga olgan holda o‘qlararo masofani aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda geometrik jihatdan ishlab chiqilgan;
o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmaning uzatishlar sonini aniqlash imkonini beradigan formula koromisloning uzunligi va uning burilish burchagini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
uzatish mexanizmida o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmasi bo‘lgan tuproqqa ishlov beradigan mashinaning yuritgichini mexanik xarakteristikasi, texnologik qarshiligi, deformatsiyalanuvchi bo‘g‘inlarning bikirlik-dissipativ xususiyatlarini inobatga olgan holda, erkinlik darajasi ikkiga teng bo‘lgan mashina agregatining dinamika masalasi echilgan, massalarning harakat qonunlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatma konstruksiyasi va hisoblash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishchi organlari qo‘shimcha qo‘zg‘aluvchan texnologik mashinalarning uzatish mexanizmlari uchun zanjirli uzatmaning texnik echimiga Rossiya Federatsiyasining ixtirosi uchun patent olingan («Sepnaya peredacha», №2753367. 13.08.2021 y.). Natijada, tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan frezali ishchi organ uzatish mexanizmining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
uzatish mexanizmida o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatmasi bo‘lgan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan («BMKB-Agromash» AJ ning 2022 yil 13 yanvardagi 01-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa ekish oldidan ishlov berish va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
o‘qlararo masofasi o‘zgaruvchan zanjirli uzatma kombinatsiyalashgan mashinaning uzatish mexanizmiga qo‘llanilib, Namangan viloyatining Pop tumanidagi «Art soft Progress» MChJ da joriy etilgan («Art soft Progress» MChJ ning 2021 yil 04 oktyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, tuproqqa ishlov berish va ekishdagi ekspluatatsion xarajatlar 1,3 va mehnat sarfini 1,25 martaga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish