Niyazova Moxichexra Xayatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek adabiyotida olqishlarning badiiy-estetik vazifalari tipologiyasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1232.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Oxunjonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiyotida olqishlarning mavzuiy turlari, poetik kompozisiyasi, ifoda uslubi, badiiy-estetik vazifalari o‘rtasidagi o‘xshash hamda spesifik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz hamda o‘zbek adabiyotida olqishlarning yuzaga kelishiga ushbu xalqlarning qadimdan so‘z magiyasi, turli mifologik kul`tlarga ishonchi, milliy dunyoqarashi, muallif tafakkuri, voqelik diskursi, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, adabiy ta’sir kabi poetik xususiyatlar sabab bo‘lganligi aniqlangan;
turli tizimli bu ikkala tilda olqishlarning to‘y, motam marosimi, kundalik turmush voqeliklari bilan bog‘liqlikda ijro qilinishiga ko‘ra mazmunan yaqinligi, struktur-semantik, gender, ijro o‘rni va vaqtiga ko‘ra xususiyatlarining mushtaraklik kasb etishi asoslangan;
olqishlar ingliz va o‘zbek og‘zaki adabiyotining alohida, mustaqil, qadimiy, an’anaviy janrlaridan, olam milliy manzarasini aks ettiruvchi mental shakl, nutqiy odobga aloqador kommunikativ vosita turlaridan biri ekanligi, lingvomadaniy hamda pragmatik interpretatsiyaga asoslanishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tilidagi she’riy hamda nasriy asarlar misolida ijodkorlarning olqishlardan asar milliyligini, xalqchilligini oshirishda, personajlar nutqini individuallashtirishda, poetik vazifalarini ochib berishda tarixiy-fol`kloriy, badiiy-estetik asoslarning birlamchi, olqishlarning o‘rni, vazifalari, konseptual motivlari esa ikkilamchi xarakterda ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek adabiyotida olqishlarning badiiy-estetik vazifalarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek xalqlari ijodida insonga ezgu niyat, yaxshi tilak bildirish uchun aytiladigan olqishlarning badiiy-estetik vazifalariga xos umumiy xususiyatlar, ingliz va o‘zbek tillarida olqishlarni tarjima qilish muammo va echimlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 21 oktyabrdagi 17-01-267-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotida olqishlar yuzaga kelishida insonlarning so‘z sehriga ishonchi bilan bog‘liq mifologik tasavvur-tushunchalar, fol`klordagi qarg‘ish janriga zidligini ochib berish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarish imkonini bergan;
jahon xalqlari fol`klorida qadimiy, an’anaviy, badiiy-etnografik mohiyatga ega bo‘lgan olqish janrini Sharqu G‘arb fol`klori hamda adabiyotiga xos poetik mezon va tamoyillar asosida kiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiya ilmiy natijalari, amaliy taklif, tavsiyalaridan Samarqand chet tillari institutining 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi 561624 ERR-1-2015-1-OK-ERRKA 2SVNEZR IMEP: “Internationalization and Modernization of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan” nomli xalqaro loyiha ishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 932/30.02.01- son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek xalq olqishlarining shakliy-uslubiy belgilari, tipologik hamda spesifik xususiyatlari aniqlanganligi, ijro o‘rni va vaqtiga ko‘ra ko‘rinishlari, marosimlar bilan bog‘liq rasm-rusumlarga aloqador mavzuiy tiplari tasniflanganligiga oid materiallar sohaviy terminshunoslik, lug‘atshunoslik, xalqaro ma’lumot almashinuvi tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
olqishlarning yuzaga kelishiga ingliz va o‘zbek xalqlarning qadimdan so‘z magiyasi, insonning insonga ezgu munosabatini bildirishi, turli mifologik kul`tlarga ishonchi, milliy dunyoqarashi, o‘ziga xos madaniy turmush tarzi, marosim va urf-odat, kasb-hunarlari ta’siri ifodalashidagi mushtaraklik bo‘yicha ilgari surilgan g‘oyalarning asoslanishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining 2021 yil 19 yanvardagi 01/09-30-son ma’lumotnomasi). Natijada olqishlarning so‘z sehriga ishonch, insonning insonga ezgu munosabatini bildirish, yaxshi tilak va niyatini izhor etish ehtiyoji bilan yaratilgani, jahon xalqlari fol`klorida o‘ziga xos o‘ringa egaligi, har bir xalq fol`klorida mustaqil janr sifatida yashab kelayotgani, shuning uchun umumfol`klor hodisasi sifatida e’tiborni tortishi, ijodkorlarning turli janrdagi asarlarida ularni ruhiy tahlil vositasi sifatida qo‘llashi dalillangan. Tadqiqotchi tahlil qilgan ingliz, o‘zbek olqishlari orqali to‘garak a’zolarining tarjima va tarjimashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslikka yanada qiziqishini oshirishga muvaffaq bo‘lingan;
olqish – so‘z sehriga ishonchdan shakllangan janrlardan biri ekani, jahon xalqlari fol`klorida o‘ziga xos o‘ringa egaligi, ingliz adabiyotida ham xalq og‘zaki ijodi durdonalari qadimiyligi, betakror yuksak ijodiy salohiyat mahsuli ekanligi, unga xos ertak, afsona, rivoyat, doston, qo‘shiq, maqol, topishmoq singari qator janrlar avlodlar tarbiyasiga kuchli badiiy-estetik va ruhiy-ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish qudrati bilan ahamiyatliligi kabi masalalarning ifoda etilishi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 yanvardadagi 1/9-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning ikki qardosh bo‘lmagan madaniyatga xos xususiyatlar, o‘xshash va farqli jihatlar bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan.