Abduxalimov Abduraxmon Abdumo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qishloq aholisining ijtimoiy hayoti tarixidan (Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari misolida, 1991–2020 yillar)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Tar83.
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Nurmatov Abdujabbor Nematjanovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020 yillar davriy chegarasida Farg‘ona vodiysi qishloq aholisining ijtimoiy hayoti va turmushi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqlol davrida Farg‘ona vodiysining qishloq hududlaridagi kam ta’minlangan oilalarning turmush tarzi, yashash shart-sharoitlarida transformatsiya jarayonlarining sodir bo‘lganligi, viloyatlarning chekka qishloqlari aholisi hayotida ayrim yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan qator ijtimoiy muammolar, jumladan toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, aloqa, tarmoqlari, elektr energiyasi, ichki va avtomobil` yo‘llarini barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanganlikning qoniqarli darajada emasligi kabi murakkab holatlar innovatsion xarakterdagi yondashuvlarni tatbiq etish orqali bartaraf etilganligi asoslangan;
yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi mavjud qiyinchiliklar, talab va taklif tamoyiliga monand ravishda ishchi kuchi o‘rtasida nomutanosiblikning mavjudligi, mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bo‘lgan paytda vodiy qishloqlari hududlarida aholi bandligini ta’minlash masalasini hal etish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishda mehnat migrantlari bilan faoliyat ko‘rsatish tizimini shakllantirilishi, xususiy sektorda ish beruvchi, xodim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida ishsizlik hajmining qisqarib borganligi, qishloq aholisi kundalik daromadlarining o‘sib borishi dinamikasi aniqlangan;
birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, qishloq vrachlik punktlarining tashkil etilishi vodiy aholisi salomatligini tiklash, muhofaza qilishda muhim o‘rin egallab kelgan bo‘lishiga qaramasdan hududning aksariyat qishloqlari aholisi o‘rtasida kamqonlik, yurak-qon tomir, bo‘g‘im, qandli diabet kasalliklarining ortib borganligi, so‘nggi yillarda sohani zamonaviylashuvi, xorijiy investisiyalarni jalb etilishi orqali sog‘liqni saqlash maskanlariga zamonaviy tibbiyot jihozlarining olib kelinishidagi kompleks chora-tadbirlar hamda yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi asosiy kasalliklarni bartaraf etishda hal qiluvchi o‘rin egallaganligi dalillangan;
ta’lim sohasini modernizatsiyalashuviga yo‘naltirilgan hukumat siyosati mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda vodiy viloyatlari qishloqlaridagi nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar, IT (informatsion texnologiyalar), o‘quv dastgohlari, qo‘llanma, darsliklar bilan ta’minlashni o‘zida qamrab olgan inklyuziv tizimni yanada rivojlantirilganligi va “ustoz-shogird” an’anasini ommalashuvi barobarida o‘sib kelayotgan yosh avlodni zamonaviy bilimlarni puxta egallaganlaganligi o‘quvchi-talabalar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalaridagi samarali ishtiroki orqali jahonga ma’lum bo‘lganligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2020 yillar davriy chegarasida Farg‘ona vodiysi qishloq aholisining ijtimoiy hayoti tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi qishloqlari o‘rta maxsus va xalq ta’limi tizimlarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar, ayniqsa so‘nggi yillarda sohalarning zamonaviylashuvi, xususan xorijiy investisiyalarni jalb etilishi orqali sog‘liqni saqlash maskanlariga eng so‘nggi tibbiyot jihozlarining olib kelinishidagi kompleks chora-tadbirlar hamda yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalaridan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan «O‘zbekiston tarixi» va «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanlaridagi ijtimoiy himoya siyosati hamda qishloqlardagi sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar bo‘yicha mavzularni qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1922-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot ishi natijalari yuqorida ta’kidlangan fanlar mazmunini boyitish va o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
vodiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi qishloq aholisining ijtimoiy hayoti va kundalik turmush tarzidagi o‘zgarishlar, jumladan, aksariyat qishloq joylarda vrachlik punktlarining barpo etilishi, ularning zaruriy tibbiy jihozlar hamda yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanishi, ayrim hududlarda aholining turli yuqumli kasalliklarga chalinishi sabablari va bu muammolarni bartaraf etishga doir olingan ma’lumotlar Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining «Istiqlol yillarida Farg‘ona vodiysi» bo‘limini qayti to‘ldirishga, boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 01-12-03-2634-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan ma’lumotlar muzeyga tashrif buyuruvchilarning Farg‘ona vodiysi qishloq aholisining zamonaviy, eng yangi tarixiga oid bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish