Miralimova Shaxlo Mirdjamolovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Laktobatsillalarning probiotik va bakteriotsinogen xususiyatlari, ular asosida oshqozon yarasiga qarshi vosita yaratish», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V10.
Ilmiy maslahatchi: Turdikulova Shaxlo Utkurovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Botanika instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.39.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Toshxon Gafurovna, biologiya fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi probiotik preparatlar ishlab chiqish uchun bakteriotsinlarni samarali produsenti sifatida laktobatsilalar imkoniyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk borsut mahsulotlari va fermentatsiyalangan o‘simlik substratlaridan ajratilgan L. plantarum, L. rhamnosus, L. paracasei kabimezofil laktobatsillalar, L. helveticus, L. delbrueckii sp bulgaricus, L. amylovorus kabi termofil laktobatsillalar mahalliy shtammlarining bakteriotsinogen xossalari isbotlangan;
laktobatsilalarning mezofil va termofil kul`turalari morfologik-kul`tural, fiziologik-biokimyoviy va genetik xossalari asosida identifikatsiyalangan;
ilk bor sut achituvchi bakteriyalar bakteriotsinogen faolligini oshirish uchun ozuqa muhitining optimal tarkibi va o‘stirish sharoitlari aniqlangan va nazoratga nisbatan bakteriotsinni hosil bo‘lishini 2,6-4,0 marta ortishi asoslangan;
bakteriotsinogen laktobatsillalar probiotik xossalariga ko‘ra MUK 4.2.2602-10 mezonlarga – o‘t va simulirlangan oshqozon shirasiga, rN ning kislotali muhitiga chidamlilik, yuqori antimikrob faollikka, ichak hujayralariga adgeziyalanish qobiliyatiga mos kelishi aniqlangan;
ilk bor steril va patogensiz sichqon modellarida in vivo sharoitida L. rhamnosus 925ak bakteriotsin sintezlovchi shtammi va H. pylori patogenining o‘zaro ta’siri ochib berilgan va L. rhamnosus 925ak kiritilganda infeksiya yuqtirilgan sichqonlar oshqozonining xelikobakter bilan kolonizatsiyalanishi samarali pasayganligi va yallig‘lanish darajasining kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Laktobatsillalarning probiotik va bakteriotsinogen xususiyatlari, ular asosida oshqozon yarasiga qarshi vosita yaratish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida L. rhamnosus 925ak, P. avidum1 mikroorganizmlarining 3:1 nisbatdagi assotsiatsiyasi va 1% propolisning quruq spirtli ekstrakti tutgan «Laktopropolis» biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TSh 15011021-003:2016). Natijada sut achituvchi bakteriyalar va propolisning muvofiq kombinatsiyasi oshqozon-ichak yaralari kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish va immunitetni modulyasiyalash imkonini bergan;
laktobatsillalar mahalliy shtammlari va propolis ekstrakti tutgan «Laktopropolis» biologik faol qo‘shimchasini seriyali ishlab chiqarishga muvofiqlik sertifikati olingan (Uz.SMT.01.313.2063756). Natijada mahalliy xomashyolar asosida oshqozon-ichak yara kasalliklarini davolash xususiyatiga ega dori preparati yaratilib, ushbu dori preparati ishlab chiqarishda import o‘rnini bosish imkonini beradi;
sut achituvchi bakteriyalar shartli-patogen bakteriyalarga nisbatan antimikrob va bakteriotsinogen xususiyatlarini aniqlash uchun yangi ozuqa muhit tarkibi VA-FA-A10-006 raqamli «Laktobakteriyalar asosida odam oshqozon-ichak yo‘lining yallig‘lanish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga qarshi preparat ishlab chiqish» loyihasida sut achituvchi bakteriyalarni antagonizmini aniqlashda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2017 yil 5 dekabrdagi 4/1255-2571-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi oziqa muhiti keng doiradagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning sut achituvchi bakteriyalar va ularning bakteriotsinlariga sezgirligini baholash imkonini bergan;
tabiiy manbalardan ajratilgan sut achituvchi mahalliy bakteriya Lactobacillus rhamnosus 925-2010 va Lactobacillus plantarum 42 shtammlari respublikada yetakchi bo‘lgan «Sanoat uchun muhim mikroorganizmlarning tuplami» noyob ob’ektiga kiritilgan (Fanlar akademiyasining 2017 yil 5 dekabrdagi 4/1255-2572-son ma’lumotnomasi). Shtammlar mikroorganizmlar kolleksiyasini fondini boyitish, sut achituvchi bakteriyalar xilma-xilliklari bo‘yicha elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan.