Akmamatov Otabek Yodgorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamoalashtirish siyosati va uning aholi ijtimoiy hayotiga ta’siri (XX asrning 20-30 yillari Qashqadaryo viloyati misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Tar84.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Maxmudjonovich Rasulov, tarix fanlari doktori, dotsent Eshbolta Atamuratovich Qobulov.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 20-30-yillarida Qashqadaryo vohasida amalga oshirilgan jamoalashtirish siyosati va uning aholi ijtimoiy hayotiga ta’siri tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda er-suv islohoti va jamoalashtirish siyosati tufayli qishloq ijtimoiy tabaqalari (boy, ulamo, ijarachi, sherik, mardikor, chorakor, qarol) transformatsiyasi, yangi hokimiyatga “sadoqatli” ijtimoiy qatlam sifatida “kolxozchi”larning shakllanish jarayoni aniqlangan;
Qashqadaryo vohasida kolxozlarning kommuna, artel`, erni birgalashib ishlash shirkati shakllari keng qo‘llanilganligi hamda vohada quloqlashtirish tendensiyasi boshqa hududlarga nisbatan pastligi, birorta quloq qo‘rg‘onlari tashkil etilmaganligi aniqlangan;
vohada jamoalashtirish jarayoni to‘siqlari - aholining katta qismi yarim o‘troq hayot kechirganligi, qishloq joylarida urug‘chilik va jamoaviy an’analarning kuchli saqlanganligi, mahalliy sovet organlar rahbarligining sustligi, kolxoz harakatida asosan kambag‘allar va batraklar yetakchilik qilganligi, vohaning sanoat markazlaridan uzoqda joylashganligi va o‘ziga xos xususiyatlari - kam sonli dehqon xo‘jaliklari bilan katta hududda kolxoz tuzilishi, qarshilik harakatining kuchli bo‘lganligi dalillangan;
sovet hukumati jamoalashtirish davrida ta’lim tizimini asosiy targ‘ibot quroli sifatida foydalanganligi, qishloq xo‘jaligi jamoalarida islom dinining o‘rni katta bo‘lganligi bois, eski usul maktablari, qorixona, otin oyi maktablari va madrasa kabi musulmon maktablarini tugatish va yangi sovet maktablarining ochilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda jamoalashtirish siyosati va uning aholi ijtimoiy hayotiga ta’siri mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda XX asr boshlarida qishloq xo‘jaligining ahvoli, Qashqadaryo vohasida kolxozlarning kommuna, artel`, erni birgalashib ishlash shirkati shakllari keng qo‘llanilganligi hamda vohada quloqlashtirish tendensiyasi boshqa hududlarga nisbatan pastligi, birorta quloq qo‘rg‘onlari tashkil etilmaganligi, vohada jamoalashtirish jarayoni to‘siqlari (aholining katta qismi asosan yarim o‘troq hayot kechirganligi, qishloqlarda urug‘chilik va jamoaviy an’analarning kuchli saqlanganligi, mahalliy sovet organlar rahbarligining sustligi, kolxoz harakatida asosan kambag‘allar va batraklar yetakchilik qilganligi, vohaning sanoat markazlaridan uzoqda joylashganligi) va o‘ziga hos xususiyatlari (kam sonli dehqon xo‘jaliklari bilan katta hududda kolxoz tuzilishi, qarshilik harakatining kuchliligi) aniqlangan, sovet hukumati jamoalashtirish davrida ta’lim tizimini asosiy targ‘ibot quroli sifatida foydalanganligi, qishloq xo‘jaligi jamoalarida islom dinining o‘rni katta bo‘lganligi bois, eski usul maktablari, qorixona, otin oyi maktablari va madrasa kabi musulmon maktablarini tugatish va yangi sovet maktablarining ochilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlardagi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 9 apreldagi 02-40-530-son ma’lumotnomasi). Bu esa Qashqadaryoda amalga oshirilgan jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
vohada quloqlashtirish tendensiyasi boshqa hududlarga nisbatan pastligi, voha hududida birorta quloq qurg‘onlari tashkil etilmaganligi, sovet hukumati jamoalashtirish davrida ta’lim tizimini asosiy targ‘ibot quroli sifatida foydalanganligi, qishloq xo‘jaligi jamoalarida islom dinining o‘rni katta bo‘lganligi bois, eski usul maktablari, qorixona, otin oyi maktablari va madrasa kabi musulmon maktablarini tugatish va yangi sovet maktablarining ochilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarga tegishli materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyining “Sovet hokimiyatining jamoalashtirish va quloqlashtirish siyosati va uning oqibatlari” bo‘limidagi ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2021 yil 15 noyabrdagi 215-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishida keltirilgan materiallar muzey ko‘rgazmalari uchun eksponatlar tayyorlash, shakllantirish, boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan.