Absattorov Baxtiyor Mamarasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson axloqiy kamolotida mezon va me’yor muammosining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal432.
Ilmiy rahbar: Qaxxorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor, Muxammedjonova La’lixon Ashuralievna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi inson axloqiy kamolotida mezon va me’yor muammosini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson axloqiy kamolotini ta’minlovchi mezon va me’yorlar inson sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lashga qaratilgan yuksak his-tuyg‘ular orqali ma’naviy  o‘z-o‘zini takomillashtirish hamda xulq-atvorning asosiy motivatsion omillariga identiv bog‘liq holda namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
«inson kamoloti» tushunchasining axloqiylik tamoyili ong va bilim, hissiyot va e’tiqod, munosabat va amaliyot jarayonida «hamida», «zamima», «fazilat», «illat» falsafiy kategoriyalari orqali inson xatti-harakatlarini korreksion-rivojlantiruvchi natijador ijtimoiy omil ekanligi ochib berilgan;
axloqiy mezon-me’yorning individuallik va jamoaviylik kabi o‘zgaruvchanlik xususiyatlari inson kapitali salohiyatini oshirishga qaratilgan milliy upf-odat, an’ana, ma’naviyat hamda axloqiy fazilatlarning uzluksiz rivojlanishga  mantiqiy - refleksiv bog‘liqligi asoslangan;
axloqiy-intellekt, irodaviy-xarakterli va hissiy-oqibatli sifatlar integratsiyasi orqali axloqiy mezon va me’yor uyg‘unligini ta’minlash intellektual rivojlangan avlod tarbiyasi milliy qadpiyatlapga mos ma’naviy barkamollik falsafiy kategoriyasining manzilli-vektorli ustuvor vazifalariga adekvat bog‘liqligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Inson axloqiy kamolotida mezon va me’yor muammosining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«inson kamoloti» tushunchasining axloqiylik tamoyili ong va bilim, hissiyot va e’tiqod, munosabat va amaliyot jarayonida «hamida», «zamima», «fazilat», «illat» falsafiy kategoriyalari orqali inson xatti-harakatlarini korreksion-rivojlantiruvchi natijador ijtimoiy omil ekanligini ochib berishga oid xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida, jumladan, targ‘ibotchi kadrlar uchun o‘quv-seminarlari, yoshlarning internet saytlardagi axloq normalari va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy hayotimizga tahdid soluvchi axborotlar oqimidan himoyalash, ularda ushbu axborotlarga nisbatan ma’naviy immunitet hosil qilish bo‘yicha turkum tadbirlar hamda oliy ta’lim muassasalarida «Globallashuv sharoitida yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish yo‘llari», «Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash» mavzularida tashkil etilgan turkum tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 28 fevraldagi 02/07-914-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar, yosh oilalar kundalik faoliyatida inson kamoloti, axloqiy ong, bilim, hissiyot, e’tiqod, madaniyat tushunchalari bilan bog‘liq ekanini asoslash orqali, ularda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga hurmat hissini rivojlantirish imkonini bergan;
axloqiy mezon-me’yorning individuallik va jamoaviylik kabi o‘zgaruvchanlik xususiyatlari inson kapitali salohiyatini oshirishga qaratilgan milliy upf-odat, an’ana, ma’naviyat hamda axloqiy fazilatlarning uzluksiz rivojlanishga  mantiqiy - refleksiv bog‘liqligini asoslashga oid takliflardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2020 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ish rejasining 31-bandi «Milliy urf-odat, an’analar va qadriyatlarni saqlashni kuchaytirish va rivojlantirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqish, 72-bandi «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2022 yil 10 martdagi 02/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek oilasiga xos odob-axloqni mustahkamlash, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
axloqiy-intellekt, irodaviy-xarakterli va hissiy-oqibatli sifatlar integratsiyasi orqali axloqiy mezon va me’yor uyg‘unligini ta’minlash intellektual rivojlangan avlod tarbiyasi milliy qadpiyatlapga mos ma’naviy barkamollik falsafiy kategoriyasining manzilli-vektorli ustuvor vazifalariga adekvat bog‘liqligini dalillashga oid tavsiyalar «Yoshlar hayoti, orzu-intilish va muvaffaqiyatlar, muammolar» turkum tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar agentligining 2021 yil 9 noyabrdagi 2-13-23-2780-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarda yoshlarni ma’naviy-axloqiy fazilatlar asosida tarbiyalashga, barkamollik kategoriyasining mazmun-mohiyatini anglashga, Vatan ravnaqi uchun mas’ullik hissini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish