Kudratova Dilnoza Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prenatal`nie prediktori riska razvitiya vnutriutrobnix anomaliy razvitiya ploda» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1470.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Matyoqubova Salomat Aleksadrovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homila ona qorni ichi nuqsonlar rivojlanish xavfini erta tashxislashda klinik-laborator biokimyoviy, fetometrik va skrining prediktorlari asosida bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PRISCA tahliliga yo‘nalishni nazorat qilib, erta skrining, ijtimoiy-biologik va tibbiy xavf omillarining ta’sirini hisobga olgan holda, homilaning ona qorni ichi nuqsonlarning rivojlanish xavfini pre va konseptual ravishda bashorat qilish uchun elektron prognostik matrisa ishlab chiqilgan;
perinatal patologiyalarning biokimyoviy-laboratoriya va noinvaziv skrining ko‘rsatkichlari bilan tug‘ma nuqsonning uchrash chastotasi o‘rtasida uzviy bog‘liqligi asoslangan;
homiladorlikni to‘xtatish yoki uzaytirish uchun differensial yondashuv uchun qator boshqariladigan xavf omillarini oldini olishda homilador ayollarda erta noinvaziv va biokimyoviy markerlar (gipergomotsisteinemiya, RARR-A, AFPning oshishi) o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik isbotlangan;
homiladorlikning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan gomotsistein mikdorining oshishi homilador ayollarda oksidlovchi stress, platsentar qon aylanish va kon tomir faoliyatining buzilishi tufayli xomila ona qorni ichi nuqsonlarning rivojlanishining muhim omili ekanligi isbotlangan;
ona qorni ichi nuqsonlarining rivojlanish xavflarida infeksion, gormonal, biokimyoviy va uch karrali skrining tekshiruvining bog‘liqlik axamiyati aniqlanib, ayollarni onalikka tayyorlash va xomiladorlikni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homila ona qorni ichi nuqsonlar uchrash chastotasi, erta tashhislash chora tadbirlarini optimizatsiyalashtirishni tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
homila ona qorni ichi nuqsonlarinining uchrash chastotasi, erta tashhislash chora tadbirlariga bag‘ishlangan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Ona korni ichi homila nuqsonlari xavfini prenatal skrining diagnostikasini bashorat qilish usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash  vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/811-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma homila ona qorni ichi nuqsonlarning rivojlanishida xavf guruhiga mansub homiladorlarni olib borish, yuqori xavf omillari bilan bog‘liq homiladorlik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
homila ona qorni ichi nuqsonlarni erta prediktorlari aniqlanib, gestatsion va predgestatsion davo choralari to‘g‘risida "Homila ona qorni ichi nuqsonlar xavfi ostida tashxis qo‘yish va davolash algoritmlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/845 ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma homila ona qorni ichi  nuqsonlar xavfi ostida tashxis qo‘yish va davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash orqali hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.
olingan ilmiy natijalar, homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish va davolash tamoyillarini klinik va patogenetik asoslash sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatida, xususan: Buxoro shahridagi 1 -, 4 -, 6 -, 8-sonli oilaviy poliklinikalarda, shahar tug‘ruq majmuasi, Buxoro tuman tibbiyot muassasasida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8n-z/576-son 12.30.2021-son ma’lumotnomasi), olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish homila ona korni ichi nuqsonlari bor ayollarda xomiladorlik, tug‘ruqni olib borish taktikasini ishlab chiqish, asoratlar xavfini bashorat qilish, akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish orqali tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish