Agzamxodjaev Saidanvar Talatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini erta tashxislash va xirurgik davolash», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib403.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Akmal Abadbekovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kagansov Il`ya Markovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Bolalar salomatligi milliy tibbiyot tadqiqot markazi» Federal davlat avtonom muassasasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini davolash natijalarini videoendoxirurgik texnologiyalardan foydalangan holda, erta tashxislash va xirurgik davolashni takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yaqin postnatal davrda gidronefroz kechishi va jarrohlik aralashuvini bashoratlashda buyrak jomi shakli va unig siqilish koeffisienti prognostik jihatdan ahamiyatli ekanligi aniqlangan;
ul`trasonografiya pieloureteral segment sohasida siydik oqimiga rezistivlik darajasini va tashqi sabablar yuqori ehtimolini aniqlash imkonini berishi aniqlangan;
bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini tashxislashda diuretik renografiya ko‘rsatkichlarining yuqori axborotliligi buyrakning me’yordan ortiq funksiyasi real obstruksiya borligining xamda erta muddatlarda xirurgik korreksiya o‘tkazish zaruratining prognostik omili ekanligi bilan isbotlangan;
bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasining asosiy sabablarini differensial tashxislash uchun urodinamikaning buzilishida tashqi omillar mavjudligini prognozlash imkonini beruvchi prediktiv model taklif etilgan;
«miniatyuraviy» pieloplastika, ayniqsa chaqaloqlarda, pieloureteral segment obstruksiyasini xirurgik davolashning muqobil kaminvaziv usuli ekanligi aniqlangan;
tashrixgacha va tashrixdan keyingi bosqichda pieloureteral segment obstruksiyasi bo‘lgan bolalarni parvarishlash taktikasini aniqlash uchun gidronefroz og‘irligik darajasini baholashning miqdoriy shkalasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijarining joriy qilinishi. Bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini endoskopik davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini endoskopik davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 08-21034-son xulosasi). Taklif etilgan tavsiyalar antenatal gidronefrozni xirurgik davolash usulini tanlashga differensial yondashuv orqali bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini endoskopik usulda davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
erta yoshdagi bolalarda antenatal aniqlangan gidronefrozni tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Erta yoshdagi bolalarda antenatal aniqlangan gidronefrozni tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 08-21034-son xulosasi). Pieloureteral segment obstruksiyasi bo‘lgan bolalarni tekshirish bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar erta muddatda jarrohlik aralashuvini talab etadigan chaqaloqlar tug‘ilishi xatarini va tashrixgacha bo‘lgan davrda obstruksiyaning asosiy sababini aniqlash, shu tariqa, har bir bemor uchun davolash usulini tanlashga individual yondashuvni amalga oshirish imkonini bergan;
bolalarda pieloureteral segment obstruksiyasini tashxislash va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Milliy bolalar tibbiyot markazining bolalar urologiyasi bo‘limi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 08-21034-son xulosasi). Olingan natijalar yaqin postnatal davrda gidronefroz rivojlanishi va jarrohlik aralashuvi talab etilishini yuqori ehtimollik bilan (80,5%) prognozlash, tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini 8 kundan 3 kungacha qisqartirish xamda yaxshi va qoniqarli natijalar ulushini 97,0% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish