Bazarbaeva Dilbar Ongarbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimon hasharotlari (Insecta: Orthopteroidea) ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B525.
Ilmiy rahbar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, professor; Juginisov Tanirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimon hasharotlarining ekologiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ustyurt tekisligi Orthopteroidealarning 6 ta turkumi, 14 ta oila, 57 avlodlariga mansub 60 tur va 21 ta kenja turlardan iborat faunasi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun to‘g‘riqanotsimonlar bosh turkimi vakillaridan Bicolorana Zeuner, 1941 avlodi, Bicolorana bicolor (Philippi, 1830) va Chorthippus angulatus Serg. Tarbinsky turlari aniqlangan;
hududning biologik xilma-xilligini saqlab qolish, to‘g‘riqanotsimonlar bosh turkimi vakillariga mansub 60 tur va 21 ta kenja turlardan iborat guruhlari inventarizatsiya qilingan; 
Ustyurt tekisligining landshaftlariga  va ekologik omillariga bog‘lik holda  to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning  tarqalishi, taqsimlanishi keskin kontinental sharoitda biotsenotik munosabatlar xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimon hasharotlari (Insecta: Orthopteroidea) ekologiyasi bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
Ustyurt tekisligida aniqlangan 6 ta yo‘qolib ketish havfi bor yoki kamyob to‘g‘riqanotsimon hasharotlar turlarini O‘zbekiston Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilinganligi, to‘g‘riqanotsimonlarning hayot shakllarini aks ettiruvchi 17 ta tasnif bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qaroqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 apreldagi 01/18-835-son ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoli-g‘arbiy O‘zbekiston sharoitida tabiiy va antropogen hududlarida tarqalgan himoyaga muhtoj 11 ta to‘g‘riqanotsimon hasharotlar populyasiyalari holatini baholash va ularni saqlab qolishda, hududlar bo‘ylab to‘g‘riqanotsimonlarning fenologik spektorlarini aniqlash va Ustyurt platosi to‘g‘riqanotsimonlari yuzasidan kadastr ma’lumotlari ishlab chiqish imkonini bergan;
Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsmon tukumiga tegishli bo‘lgan 81 tur va kenja turlarga mansub 132 nusha hasharotlar namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 26 avgustdagi 4/1255-2373-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ustyurt tekisligi tabiiy hududlari bo‘yicha tarqalgan to‘g‘riqanotsimon hasharotlar kolleksiya namunalari fondini boyitgan va ular populyasiyalari zamonaviy holatini baholash hamda interfaol atlaslar tayyorlashda va hasharotlar tarqalishini GAT xaritaga tushirish, turlar areallari o‘zgarish jarayonlarini monitoring qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish