Obidov Muzaffarjon Valijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Farg‘ona bo‘z, o‘tloqi-allyuvial tuproqlari va dorivor o‘simliklari biogeokimyosi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V676.
Ilmiy rahbar: Isag‘aliev Murodjon To‘ychiboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Nodirbek Yulchievich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Diyorova Muxabbat Xurramovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Farg‘ona och tusli bo‘z, sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari va dorivor o‘simliklarining biogeokimyoviy xususiyatlariga, ekologik holatiga makro- va mikroelementlar miqdori, sifati va differensiatsiyasining ta’sirini aniqlash, tuproqlar unumdorligini oshirish hamda dorivor o‘simliklar biologik singdirish intensivligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Farg‘ona qo‘riq och tusli bo‘z, eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining morfogenetik belgilari, fizik, agrokimyoviy, fizik-kimyoviy xossalari va biogeokimyoviy xususiyatlari hamda geokimyoviy bar`erlari, provinsiyalari aniqlangan;
qo‘riq och tusli bo‘z, o‘tloqi-allyuvial tuproqlar, uni hosil qiluvchi ona jinslari va dorivor o‘simliklarda Na, K, Mn, Sm, Re, Mo, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, W, Br, Ca, La, Ce, Se, Hg, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb ning miqdorlari, geokimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
dorivor o‘simliklar tarkibidagi biomikroelementlar miqdori qiyosiy-geografik korrelyasiyasi ijobiyligi va korrelyasiya koeffisienti 0,35-0,90 oralig‘ida tebranishi isbotlangan;
och tusli bo‘z, sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarni og‘ir metallar bilan kuchsiz ifloslanishi, dorivor o‘simliklarda ruxsat etilgan chegaraviy ulushdan pastligi aniqlangan, bu dorivor o‘simliklar etishtirishda organik o‘g‘itlardan foydalanish va o‘simliklarning tanlab singdirish qobiliyati bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Farg‘ona bo‘z, o‘tloqi tuproqlari va dorivor o‘simliklarining biogeokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘riq och tusli bo‘z va sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida tarqalgan dorivor o‘simliklarning ekologiyasi va biogeokimyoviy xususiyatlari «Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan hamda 5411100-Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Guvohnoma,
№356/7-022). Natijada, respublikamiz turli tuproq-iqlim mintaqalarida tarqalgan dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, etishtirish agrotexnologiyasini amalga oshirish va dorivorlik xususiyatlaridan foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning 1:5000 masshtabli mukammal raqamli agrokimyoviy xaritanomasi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Mehrigiyo» korxonasiga qarashli 20 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/022-5071-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidromorf sharoitda shakllangan cho‘l mintaqasi o‘tloqi-allyuvial tuproqlari unumdorligini saqlash va oshirish, dorivor o‘simliklardan yuqori hosil olish uchun majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy va meliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirishda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;
eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari, ona jinslari va dorivor o‘simliklarida Na, K, Mn, Sm, Re, Mo, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, W, Br, Ca, La, Ce, Se, Hg, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb va boshqa elementlarning miqdori, biogeokimyoviy xususiyatlari «Mehrigiyo» korxonasi 19,61 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/022-5071-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hudud tuproqlari va dorivor o‘simliklarini tavsiflash, tuproq-ekologik monitoringini olib borish, organik o‘g‘itlash, dorivor o‘simliklarni to‘g‘ri joylashtirish, ekologik toza o‘simlik xom-ashyolari etishtirish hamda tayyorlashga asos sifatida xizmat qilgan, shuningdek, USDA «Organic» qoidalariga muvofiqligi xalqaro sertifikatini olishga imkon bergan.