Yarmanova Yulduz Burievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish”), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1734.  
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor; Tadjieva Muxabbat Xaydaralievna, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy-hissiy rivojlanishining hamdardlik, hamkorlik, o‘zaro yordam kabi sifatlari jamoaviy munosabatlarga bolaning layoqatiga tayangan holda birgalikdagi faoliyatni rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiy sifatlarining hamdardlik, tolerantlik, kommunikativlik, hamkorlik, mehribonlik kabi mezonlari shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi “Bola va zamon” tarbiya dasturini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy individual sifatlari ijtimoiy faoliyatning bag‘rikenglik, jamoaviylik, hamkorlik kabi shakllari bilan jamoaviy munosabatlarning ijtimoiy-tarixiy va pedagogik-psixologik kabi xususiyatlarini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish modeli  bola faoliyatini mustaqillikka yo‘naltirish, ijtimoiy munosabatlarni hamkorlikda tashkil etish, ta’lim-tarbiyada bolani ishontirish, biror-bir faoliyatni samarali do‘stona tashkil etish prinsiplariga ustuvorlik berish orqali  takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy-hissiy rivojlanishining hamdardlik, hamkorlik, o‘zaro yordam kabi sifatlari jamoaviy munosabatlarga bolaning layoqatiga tayangan holda birgalikdagi faoliyatni rivojlantirish orqali takomillashtirilganiga doir xulosalari “Maktabgacha pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘iga asosan 110-163-son guvohnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim sifati va bolalarda jamoaviy munosabatlarning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiy sifatlarining hamdardlik, tolerantlik, kommunikativlik, hamkorlik, mehribonlik kabi mezonlari shaxsiy sifatlarni rivojlantiruvchi “Bola va zamon” tarbiya dasturi asosida takomillashtirilganiga oid xulosalaridan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi  loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 16 martdagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsni shakllantirish muammosi nuqtai nazaridan bolaning ta’limdagi qadriyat sifatidagi individualligini yanada rivojlantirish imkonini bergan;
jamoaviy munosabatlarda maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish modeli  bola faoliyatini mustaqillikka yo‘naltirish, ijtimoiy munosabatlarni hamkorlikda tashkil etish, ta’lim-tarbiyada bolani ishontirish, biror-bir faoliyatni samarali do‘stona tashkil etish prinsiplariga ustuvorlik berish orqali  takomillashtirilganiga tavsiyalardan Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 02-02/2-1087-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish