Po‘lotova Yulduz Asadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axborot-resurslar integratsiyasini ta’minlashning metodik imkoniyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1721.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axborot resurslar integratsiyasini ta’minlash metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axborot resurslar integratsiyasini ta’minlashda o‘quvchilarning o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish jarayonida o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik, topshiriqlarni bajarishga ongli yondashish, o‘qish va o‘rganishning tizimli xarakter kasb etishi kabi zamonaviy tendensiyalarni uyg‘unlashtirgan holda real ta’limiy sharoitlarda qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish darslarida bilim, ko‘nikma, malaka va tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga imkon beruvchi tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga moslashtirilgan metodik operatsiyalar tizimi ishlab chiqilgan;
bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan ob’ekt-sub’ekt va sub’ekt-sub’ekt ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatlar qiymat-semantik usulini kiritish vositasida o‘qib tushunish, tinglab tushunish, axborot resurs integratsiyasini ta’minlash orqali dars samaradorligini oshirishda tayanch kompetensiyalar takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish darslarida axborot resurslar integratsiyasini takomillashtirish metodikasi PIRLS va PISA xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishda “o‘quv dasturi-o‘qituvchi-baholash” usuli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axborot-resurslar integratsiyasini ta’minlash metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axborot resurslar integratsiyasini ta’minlashda o‘quvchilarning o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish jarayonida o‘quv topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik, topshiriqlarni bajarishga ongli yondashish, o‘qish va o‘rganishning tizimli xarakter kasb etishi kabi zamonaviy tendensiyalarni uyg‘unlashtirgan holda real ta’limiy sharoitlarda qo‘llash mexanizmi takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 237-175-raqamli guvohnomasi). Natijada tavsiyalar asosida ta’lim mazmuni takomillashtirilgan, bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilim darajalarining o‘sishiga xizmat qilgan;
ona tili va o‘qish darslarida bilim, ko‘nikma, malaka va tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga imkon beruvchi tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga moslashtirilgan metodik operatsiyalar tizimi ishlab chiqilganligiga doir taklif va tavsiyalardan milliy o‘quv dasturi hamda Ona tili, o‘qish darsliklarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2021 yil 31 avgustdagi 01/11-02-1286-son ma’lumotnomasi). Mazkur bilim, ko‘nikma va malakalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanyach kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladigan ob’ekt-sub’ekt va sub’ekt-sub’ekt ko‘rinishidagi o‘zaro munosabatlar qiymat-semantik usulini kiritish vositasida o‘qib tushunish, tinglab tushunish, axborot resurs integratsiyasini ta’minlash orqali dars samaradorligini oshirishda tayanch kompetensiyalar takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” amaliy tadqiqot loyihasi (2017-2021 yy.) da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2021 yil 31 avgustdagi 01/11-02-1286-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar asosida boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axborot-resurslar integratsiyasini ta’minlash metodikasi takomillashtirilgan;
ona tili va o‘qish darslarida axborot resurslar integratsiyasini takomillashtirish metodikasi PIRLS va PISA xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirishda o‘quv dasturi-o‘qituvchi-baholashga doir taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2021 yil 31 avgustdagi 01/11-02-1286-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahorati takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish