Qahramonova Xumora Qahramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda imitatsion modellar asosida informatsion kompetentlikni takomillashtirish metodikasi (Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fani misolida) », 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika)» (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2857 .
Ilmiy rahbar: Beknazarova Saida, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mamatov Dilmurod Narmurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika ixtisosligi talabalarida imitatsion modellar asosida informatsion kompetentlikni takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda axborot kompetentligini takomillashtiruvchi imitatsion modellar axborotlarni pedagogik modellashtirish asoslari tadqiqot konsepsiyasi, ilmiy farazi va informatsion kompetentlik mezonlari orqali aniqlashtirilgan;
texnika ixtisosligi talabalarida axborot kompetentlikni takomillashtirishda imitatsion modellardan foydalanish modelining shaxs, jamiyat, AKT vositalari va kasbiy ta’lim komponentlari axborot-kasbiy tayyorgarlik, mashg‘ulotning muammoli tavsifi kabi konseptual prinsiplar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning informatsion-analitik kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi imitatsion, didaktik, potensial foydalanish yo‘llarini modellashtirish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir kompetentlikni rivojlantirish metodikasi o‘quv jarayonlari (individual ishlash, natijalarni taqqoslash) uchun didaktik elementlar (ko‘rgazmalilik, funksionallik) turkumini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda imitatsion modellar asosida informatsion kompetentlikni takomillashtirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida:
texnika ixtisosligi talabalariga informatsion kompetentlikni takomillarshtirish jarayonida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini metodik ta’minoti tuzilishi va xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligini aks ettirishga qaratilgan axborot modeliga oid tavsiyalari “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-107-sonli guvohnomasi). Natijada bo‘lajak texnika sohasi mutaxassislarida sohaning spesifik xususiyatlarini inobatga olgan holda informatika mashg‘ulotlarini tashkil etish imkonini bergan;
kasbiy-refleksiv imitatsiyalar asosida bo‘lajak muhandislarda axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir kompetentlikni rivojlantirish metodikasi takomillashtirilishiga doir xulosalaridan I-XT-0-19929 raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 07 yanvardagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada imitatsion modellarning qo‘llaniluvchanligi va kasbiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajalarini oshirish imkonini bergan;
informatika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish maqsadida imitatsion modellashtirishning pedagogik shart-sharoitlari, tamoyillari, metodik xususiyatlari ochib berilishiga doir xulosalaridan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 07 yanvardagi 8/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatlari tegishli metodik tavsiyalar bilan boyitish imkonini bergan.