Botirova Zebo Xakimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2233.
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning ingliz tilida faol, nofaol, real, potensial, vokobulyar va novokabulyar leksikasini rivojlantirish tamoyillari ularni og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatda qo‘llash (usage) jarayonlarining didaktik produktogenligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili leksikasini statik darajasi produktivligiga erishish algoritmi tanlash, taqsimlash, tasniflash va taqdimot bosqichlarining metodik tipologiyasini lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini belgilash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarning artterapiya, harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy, vazifaviy va shakliy qiyinchiliklarning oldini olishning metodik tuzilmasi kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning ingliz tilida faol, nofaol, real, potensial, vokobulyar va novokabulyar leksikasini rivojlantirish tamoyillari, ularni og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatda qo‘llash jarayonlarining didaktik produktogenligini ta’minlash ko‘rsatkichlariga doir ilmiy-nazariy asoslangan takliflardan 2015-2018 yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘zbekiston oliy ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish (561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001-001)” nomli loyihasini bajarish doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining 2021 yil 6 dekabrdagi 02-07-3946/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida 5-6-sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini A2 darajada egallanishiga erishilgan;
ingliz tili leksikasini statik darajasi produktivligiga erishish algoritmi tanlash, taqsimlash, tasniflash va taqdimot bosqichlarining metodik tipologiyasini lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini belgilash orqali takomillashtirishni ta’minlovchi didaktik materiallarning mazmuni hamda ulardan foydalanish metodikasiga doir tavsiyalardan 2021-2022-o‘quv yilida yaratilgan umumta’lim maktablarining 5-,6-sinf darslik va o‘qituvchi metodik qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 7 dekabr 01/11-02/02-1700-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi ta’minlangan;
o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti taqdimot, mashq va nutqda qo‘llash kabi bosqichlarning artterapiya, harakatli, didaktik, rolli, imitatsion o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan va o‘quvchilarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan tilga oid va tillararo ma’noviy, vazifaviy va shakliy qiyinchiliklarning oldini olishning metodik tuzilmasi kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlarning identivligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan 5-6-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida fanini o‘qitishning uzviyligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda pedagogik jihatdan asoslashga doir tavsiyalardan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi respublika ta’lim markazining 2021 yil 7 dekabr 01/11-02/02-1700-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi ta’minlangan.