Abdieva Sarvinoz Muradkasimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentliligini  modullashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped222.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentliligining kompleks modullashtirish mohiyatini aniqlash va samarali usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini modullashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli o‘qitish mazmunini alohida tarkibiy qismlarga ajratish, dinamiklik, faoliyat usuli, egiluvchanlik, ongli istiqbol, ko‘p qirralilik, metodik maslahat, paritetlik tamoyillariga muvofiq ingliz tili darslarida modulli o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
yaxlitlashtirilgan blok-modullarning o‘ziga xos didaktik imkoniyatlari bilish bosqichlarining yakunlanganligi va o‘zaro muvofiqligi, o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich individuallashtirish va o‘qituvchi-talaba uchun tanlash imkoniyati mavjud vaziyatni yaratish, an’anaviy hamda innovatsion yondashuvlarning uyg‘unligiga muvofiq takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirishda lisoniy kompetentlik mezonlari talaba va o‘qituvchining afzalliklari, modulli o‘qishda talaba va o‘qituvchi uchun asosiy qiyinchiliklar, moduldagi o‘quv elementlarining tarkibi, modulli o‘qitishning rivojlanish istiqbollarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarga ingliz tilini o‘rgatishning ilmiy-uslubiy ta’minoti modulli o‘qitish texnologiyalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va darajalari (tanish, qaytarish, o‘zgartirish, ijodkorlik) hamda lisoniy kompetentlikning kognitiv uzviy talablarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentliligini  modullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini modullashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli, modulli texnologiyaning psixologik-pedagogik tamoyillari, kasbiy kompetentlilikni shakllantirish mezonlari va kompetentlilikni rivojlantiruvchi motivlar (moddiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, shaxsiy yoki xususiy), lisoniy kompetentlik mezonlari va darajalariga ko‘ra integratsion yondashuvlar (kompetentlik, faoliyat, kontekstli) mazmuni, modulli ta’limda o‘zga tildagi kasbiy leksikani o‘qitish tuzilmasi  yuzasidan bildirilgan taklif va xulosalardan A-1-057-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulga o‘qitishda pedagoglarni kompetent tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari” (2015-2017 y.y) mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 martdagi 02-07-684/04-son  ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetetligini modullashtirishga doir tushuncha va bilimlarining yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
modulli ta’limda lisoniy kompetentlik unsurlari («Kognitiv», «Xulq-atvor», «Emotsional») tarkibi, o‘quv mashqlarining tashkiliy bosqichlari bo‘yicha tasnifiga (leksik, matn bilan ishlash, shakli, joyi, uskunasi, vazifasi, faoliyati, usuli) oid takliflaridan PZ-2014-0910185149-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2015-2017 y.y) mavzusidagi  amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 martdagi 02-07-684/04-son  ma’lumotnomasi). Loyihani amalga oshirilishi natijasida umumiy o‘rta ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘zlashtirish va zarur bo‘lgan kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari joriy etilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarga ingliz tilini o‘rgatishning ilmiy-uslubiy ta’minoti, modulli o‘qitish texnologiyalarini amalga oshirishga tayyorlik tamoyillari (modullik, o‘qitish mazmunini alohida elementlarga ajratish, dinamiklik, faoliyat, moslashuvchanlik, istiqbolni anglash, metodik maslahat va paritetning ko‘p tomonlamaligi), darajalari (tanish, qaytarish, o‘zgartirish, ijodkorlik) hamda lisoniy kompetentlikning kognitiv uzviy talablariga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulga o‘qitishda pedagogiklarni kompetent tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 martdagi 02-07-684/04-son  ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni modulli o‘qitish texnologiyasini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish