Ermirzaev Abbos Vaxobjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini mamlakatshunoslikka oid matnlarni o‘qish orqali rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1427.
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini ingliz tilida mamlakatshunoslikka oid matnlarni o‘qishni o‘rgatish orqali rivojlantirish texnologiyasiga doir metodologik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“kompetensiya”, “kommunikativ kompetensiya”, “sotsiolingvistik kompetensiya” tushunchalarining tilshunoslik, lingvomamlakatshunoslik va lingvodidaktika sohalaridagi mazmun-mohiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslanib, mamlakatshunoslikka oid matnlarni tanlash va tuzishga qo‘yiladigan metodik talablar o‘zbek tili va o‘rganilayotgan chet tilning madaniy me’yorlarini qiyoslash tamoyili  asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini mamlakatshunoslikka oid matnlarni o‘qishni o‘rgatish orqali rivojlantirish bo‘yicha inglizcha mashq va topshiriqlar majmui tilning nominativ, kommunikativ va kummuliyativ funksiyasidan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi (quyi, o‘rta, yuqori) va tarkibi (English teaching content) lingvistik, psixologik, milliy-madaniy, gerontologik, gender hamda ijtimoiy sohalarining uzviy bog‘liqligi asosida aniqlangan;
ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan leksik, grammatik, fonetik qiyinchilik va tipik xatolar tipologiyasi aniqlangan,
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini mamlakatshunoslikka oid matnlarni o‘qishni o‘rgatish mazmun-mohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlanganlik darajasi (quyi, o‘rta, yuqori) va tarkibini (English teaching content) lingvistik, psixologik, milliy-madaniy, gerontologik, gender hamda ijtimoiy sohalarining uzviy bog‘liqligi asosida aniqlangan takliflaridan AQSh davlat departamenti Federal Assistence Award va Namangan davlat universiteti hamkorligidagi “Naryn Access Scholarship” nomli loyihasining til kompetensiyalarini rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-875/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini V1 va V2 darajalarida egallanishiga erishilgan;
“kompetensiya”, “kommunikativ kompetensiya”, “sotsiolingvistik kompetensiya” tushunchalarining tilshunoslik, lingvomamlakatshunoslik va lingvodidaktika sohalaridagi mazmun-mohiyati qiyosiy yondashuv asosida ilmiy-metodik jihatdan asoslangan, amlakatshunoslikka oid matnlarni tanlash va tuzishga qo‘yiladigan metodik talablar asosida ishlab chiqilgan takliflar bo‘yicha Namangan davlat universitetida 2015-2018 yillarga bajarilgan “O‘zbekiston oliy ta’limi jarayonini modernizatsiyalash va xalqarolashuvini rivojlantirish (561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001-001) nomli loyihasining (ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-me’yoriy hujjatlarini takomillashtirishda qismini shakllantirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-875/04-son dalolatnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ta’minlangan;
umumevropa CEFR tizimining V1 va B2 daraja talablari asosida ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchilik va xatolar tipologiyasini aniqlashga doir taklif va tavsiyalaridan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda 2015-2017 yillarda Namangan viloyatida bajarilgan “Access Microscholarship Program by the US Embassy (AQSh elchixonasining kichik ilmiy Akses dasturi (4.S-UZ–800–14 – GR 100)” nomli loyihasining nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar qismini shakllantirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 31 martdagi 02-07-875/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda mamlakatshunoslikka oid matnlarni o‘qib tushunganligini og‘zaki nutqni tekshirish usullari orqali takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini mamlakatshunoslikka oid matnlarni o‘qishni o‘rgatish orqali rivojlantirish bo‘yicha inglizcha mashq va topshiriqlar majmui tilning nominativ, kommunikativ va kumuliyativ funksiyasiga doir amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining  2021 yil 2 iyundagi 04-25-888-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga doir metodika ommalashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish