Nusratov Anvar Nematjonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1275.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligidagi ta’lim-tarbiya jarayoni va pedagogik fikrlar taraqqiyotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligidagi ta’lim-tarbiya jarayoni xususiy maktab, madrasa, ustoz-shogird an’analariga asoslangan o‘zaro aloqadorlik munosabatlari, barkamol insonni shakllantirish konsepsiyalarini yaxlit integrativ idrok etish hamda variativ ta’lim shakllarini o‘zida aks ettiruvchi yaxlit tizim asosida aniqlashtirilgan;
Buxoro xonligidagi ta’lim muassasalarida qo‘llanilgan ta’lim-tarbiyaning individual, guruhiy, jamoaviy shakllari, dialogik, munozara, muammoli o‘qitish metodlari narrativ va vitagen ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘qitish uslublari bilan mazmunli hamda tashkiliy-metodik jihatdan analogik tavsifga ega ekanligi aniqlangan;
Buxoro xonligida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti modelining tashkiliy-didaktik komponentlari binar, muammoli, sharhli ma’ruza, disput, munozara, spektakl ko‘rinishidagi seminar, vebinar konferensiya, virtual ekskursiya kabi auditoriyadan tashqari shakllari mavjudligi dalillangan;
yosh avlodni tarbiyalashda ajdodlarimizning ilmiy pedagogik ta’limoti mazmunidagi ilg‘or fikr va qarashlaridan “ustoz-shogird” tizimining samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligidagi ta’lim-tarbiya jarayoni va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga doir tadqiqot natijalari asosida:
XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligidagi ta’lim-tarbiya jarayonini xususiy maktab, madrasa, ustoz-shogird an’anasiga asoslangan variativ ta’lim shakllarini o‘zida aks ettiruvchi yaxlit tizimga ega ekanligi tizimli-struktur tahlilga ustuvorlik berish, Buxoro xonligidagi ta’lim muassasalarida qo‘llanilgan ta’lim-tarbiyaning individual, guruhiy, jamoaviy shakllari, dialogik, munozara, muammoli o‘qitish metodlarini narrativ va vitagen ta’lim texnologiyalariga mazmunli va tashkiliy-metodik jihatdan analogik tavsifga ega ekanligini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi bakalariat yo‘nalishlari talabalari uchun “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-016-raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika tarixi modulini o‘qitishda birlamchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Buxoro xonligidagi ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish modelining tashkiliy-didaktik komponentini binar, muammoli, sharhli ma’ruza, disput, munozara, spektakl ko‘rinishidagi seminar, vebinar konferensiya, virtual ekskursiya kabi audtioriyadan tashqari ish shakllari interfaol ta’limga qo‘yiladigan texnologik talablarni kompleks hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi bakalariat yo‘nalishlari talabalari uchun “Umumiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-004-raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika tarixini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
yosh avlodni barkamol inson, yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat sohibi etib tarbiyalashda ajdodlarimizning ilg‘or fikr va qarashlaridan foydalanishga doir bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik kompetentligini analitik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi nazariy va amaliy ko‘nikmalarni intensiv shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi bakalariat yo‘nalishlari talabalari uchun “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘i, 274-016-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda tarixiy-pedagogik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan.