Rahmonov Bahodir Sobirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Seysmik-portlash to‘lqinlari va ularning er osti inshootlarga ta’sirini tabiiy dala sharoitida eksperimental  tadqiq qilish”, 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/FM189 
Ilmiy maslahatchi: Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismayilov Kubaymurat – texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Ibrohim fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlonov To‘lqin Mavlonovich – texnika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yupqa devorli silindrik er osti inshootini er osti portlash to‘lqinlarining seysmik ta’siridan foydalanilgan holda, uning seysmik-zo‘riqqan holatini tabiiy eksperimental tadqiq qilish metodologiyasini ishlab chiqish va er osti portlash to‘lqinlarining seysmik ta’siridan ushbu inshootning seysmik tebranishlari va kuchlanish deformatsiya holatiga hamda ularning grunt muhiti bilan bo‘ladigan o‘zaro ta’sirini  tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
seysmik-portlash to‘lqinlari ta’sirida er osti yupqa devorli fazoviy silindrik inshootlarda hosil bo‘ladigan seysmik zo‘riqqanlik holatini naturaviy sharoitda eksperimental tadqiq qilish metodikasi ishlab chiqilgan;
seysmik-portlash to‘lqinlari ta’siridan muhit harakati kinematik va dinamik parametrlarini eksperimental aniqlash uslubiyoti, algoritmi va empirik formulalar ishlab chiqilgan;
naturaviy sharoitda, seysmik-portlash to‘lqinlari ta’siridan yupqa devorli  silindrik  inshootlarda sodir bo‘ladigan seysmik-eo‘riqqanlik holatini belgilovchi parametrlar aniqlangan;
er osti portlashlari natijasida vujudga kelgan seysmik maydon zo‘riqqanlik darajasi baholangan hamda muhit dinamik holatini belgilovchi parametrlar aniqlangan, empirik formulalar  ishlab chiqilgan;
muhitda vujudga kelgan seysmik maydonda joylashgan ochiq va yopiq profilli silindrik inshootlarga maydon energetik zo‘riqqanligining ta’sirini belgilovchi “reduksiyalanish” koeffisienti hamda inshoot tebranma harakat dinamik parametrlari ilk bora naturaviy sharoitda aniqlangan, empirik  formulalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoratov “Djamansay-2” va Jumurtov “Keklik-tov” tosh kar`erlarida olib borilgan er osti sanoat portlatishlarining seysmik ta’sirini naturaviy-dala sharoitida seysmometrik-instrumental kuzatuv natijalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tizimiga kiruvchi quyidagi korxonalarda:
murakkab rel`efli xududlarda bino va inshootlarga seysmik ta’sirni baholashda muhim bo‘lgan er osti portlashlari seysmik ta’siri intensivligi hamda grunt tebranish davri (chastota)ni  aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan empirik formulalarda ifodalangan  Jumurtov tosh kar`eri grunt sharoiti, portlatish usuli va parmalash-portlatish parametrlarining seysmik intensivlikka ta’sirini ifodalovchi  kv  va nv  koeffisientlarning mos ravishda 470 va 1,5 ga teng bo‘lishi, dinamiklik koeffisientini aniqlash uslubiyoti joriy qilingan (“O‘zshaharsozlik LITI” DUK Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 24 dekabrdagi xati). Natijada binolarga ta’sir intensivligidagi xatolik minimal bo‘lishiga erishilgan, seysmik mustahkamligidagi tanqislik bartaraf etilgan, shikastlanishi-buzilishiga barham berish imkoni yaratilgan;
Qoratov kar`eri uchun murakkab rel`ef sharoitida seysmik ta’sir intensivligi orttirmasi hamda to‘lqin dinamik belgilari (tebranish amplitudasi so‘nishining masofaga bog‘liqlik qonuniyati  va h.k.)ni aniqlash empirik formulasi yordamida seysmik ta’sir orttirmasidan tashqari, portlovchi moddalar sekinlatish optimal vaqti 25msek ekanligi topilgan («DAYPLAST NUKUS» OAJ 29.04.2020 y. №38 xati). Natijada tosh bo‘lak (parchalar)ining uchish masofasini istisno qilgan holda murakkab muhandislik hisoblash amallarisiz, oniy hamda sekinlashtirilgan er osti portlashlaridan havfsiz minimal masofalarni prognoz qilish imkonini bergan. 
Toshkent kimyo-texnologiya institutida Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 raqamli “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘pqatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarning harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya xolatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihasida kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya xolatini aniqlashda foydalanilgan (Tashkent kimyo-texnologiya institutining 16.04.2022y., №1/04-990 xati). Natijada nochiziqli bo‘lgan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini hisoblash va energetik tahlil qilishda quvur kinetik hamda potensial energiyalarining maydoni so‘nish jarayonini belgilovchi koeffisientlar yordamida xavfli zonalarni va tebranma harakat amplitudasi bilan chastotasi orasidagi bog‘lanishni aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish