Po‘latova Zulfiya Abduazizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modulli tizimda yuridik yo‘nalish talabalarining yozuv malakasini baholash (V2 darajasi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped987.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘htasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isroilova Dildoraxon Muxtorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi modulli tizimda yuridik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini o‘qitishda ularning yozuv malakasini baholash xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modulli tizimda xorijiy til ta’limining pedagogik, psixologik hamda metodologik asoslari orqali reseptiv (konsentratsiya qilish, fidbek, motivatsiya), reproduktiv (individuallashtirish, autentik vazifalar bajarish) va produktiv (sub’ektiv, metodik, kreativlik) ko‘nikmalarni integrativ shaklda o‘qitish va baholashning intensifikatsiyalashgan modeli ishlab chiqilgan;
fidbekning ob’ektivlik, effektivlik hamda shaffoflik tamoyillarining implisit, eksplisit va meta-lingvistik shakllari xususiyatlari hamda yuridik yo‘nalish talabalarining yozuv malakasini baholashda instrumental motivatsion omil sifatida xizmat qiluvchi ipsativ (shaxsiy kamchiliklarni solishtirish, o‘z-o‘zi bilan raqobatlashish) baholash usuli integratsiyasiga asoslangan konstruktiv fidbek berish mazmunining tavsifi reflektiv-baholash kompleksi sifatida takomillashtirilgan;
yurisprudensiya yo‘nalishi talabalariga chet tili o‘qitishda ta’lim mazmuniga mutaxassislik sohasiga oid mavzular shaklida kiritilgan yozma nutqiy topshiriqlar, xususan xat, xabar (rasmiy va norasmiy), maxsus ma’lumotlar (rezyume, taqriz), esse (sohaga oid bayon va insholar), ilmiy ishlar (bitiruv malakaviy ish, maqolalar)ni baholash rubrikasi didaktik va o‘quv jarayonini tashkil qilishning samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan “topshiriqlarni bajarilishi va tahlil qilinganligi” indikatorini dominant omil sifatida biriktirish orqali takomillashtirilgan;
modulli tizimda yuridik yo‘nalish talabalarining chet tilini o‘zlashtirishda mustaqil muloqot (V2) darajasida belgilangan yozuv malakasini rivojlantirishning samaradorlik darajasini belgilovchi mezonlar (maqsadga erishish, muvofiqlik, uyg‘unlik, bog‘liqlik va lug‘at boyligi) differensial tafovut, tadrijiylik va kontekstuallik tamoyillari asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda talabalar ko‘nikma va malakalarini baholash xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modulli tizimda xorijiy til ta’limining pedagogik, psixologik hamda metodologik asoslarining variativ tahlili orqali reseptiv, reproduktiv va produktiv ko‘nikmalarni integrativ shaklda o‘qitish va baholashning intensifikatsiyalashgan modeliga oid natijalardan Andijon davlat universitetining OT-F1-18 – «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» nomli fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 30 martdagi 03-15/1724-son ma’lumotnomasi). Natijada samaradorlik va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar amaliy loyiha doirasida o‘z aksini topgan;
fidbekning ob’ektivlik, effektivlik xamda shaffoflik tamoyillarining implisit, eksplisit va meta-lingvistik shakllari xususiyatlari hamda yuridik yo‘nalish talabalarining yozuv malakasini baholashda instrumental motivatsion omil sifatida xizmat qiluvchi ipsativ (shaxsiy kamchiliklarni solishtirish, o‘z-o‘zi bilan raqobatlashish) baholash usuli integratsiyasiga asoslangan konstruktiv fidbek berish mazmunining tavsifi reflektiv-baholash kompleksiga oid xulosalardan yuridik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini baholash hususiyatlari hamda soha vakillarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirilgan baholash mezonlari va ular asosida fidbek berish tartibidan “Til o‘rgatish” kafedrasining “Yuridik xorijiy til” modul` papkasining o‘qitish mazmuni hamda baholash mezonlarini boyitishda takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi akademiyasining 2021 yil 31 maydagi 30/5a-21-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur modul` o‘quv kursini o‘qitish mazmuni, tinglovchilarning ingliz tili malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini takomillashtirishga qaratilgan metodik tavsiyalar bilan boyitilgan;
yurisprudensiya yo‘nalishi talabalariga chet tili o‘qitishda ta’lim mazmuniga mutaxassislik sohasiga oid mavzular shaklida kiritilgan yozma nutqiy topshiriqlar: xat, xabar (rasmiy va norasmiy), maxsus ma’lumotlar (rezyume, taqriz), esse (sohaga oid bayon va insholar), ilmiy ishlar (bitiruv malakaviy ish, maqolalar)ni baholash rubrikasi didaktik va o‘quv jarayonini tashkil qilishning samaradorlik ko‘rsatkichlari tahliliga oid xulosalardan O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida ko‘rgazma, muzey-dars, sayohat-dars, teatr-dars kabilarni tashkil etish orqali talabalarning til ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 6 oktyabridagi 05-12-01-4447-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tavsiyalar muzey metodik-didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.