Kurbanova Munavvar Esonalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy tarjimada muallif uslubi masalasi (U. Shekspir tragediyalari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil749.
Ilmiy rahbar: Umarova Mahliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yoqubovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Asqarova Shaxnoza Kamoliddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chog‘ishtirma aspektda Shekspir tragediyalari misolida badiiy tarjimada “muallif uslubi”ni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarjimada muallif uslubini etkazishda uchraydigan tarjimani erkin talqin qilish, tarjima me’yorlarini buzish, tarjima matnida xronologik adaptatsiyaning buzilishi, asarning milliy-madaniy jihatlarini adaptatsiya qilish, shakl va mazmun nomutanosibligi kabi konseptual xatolarni aniqlash orqali muallif uslubini saqlashga qaratilgan tarjima sifatini baholash mezonlari takomillashtirilgan;
Shekspir tragediyalarini tarixiy-adabiy tahlili va muallif asarlarining uslubiy belgilarini ajratish orqali muallif uslubini etkazishda estetik va lingvo-stilistik xususiyatlarning shaxsiy lisoniy tasvirni shakllantirish omili ekanligi isbotlangan;
Shekspir asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida uslubiy belgilarning saqlab qolinganlik darajasini grammatik, leksik-semantik, lingvo-stilistik hamda estetik sathlarda ochib berish orqali badiiy tarjimada muallif uslubi bo‘yicha umumfilologik yondashuvlar ishlab chiqilgan;
Shekspir uslubidagi til vositalarining tizimli va strukturaviy yaxlitligi, uning obraz yaratish mahorati, muallif asarlaridagi obrazlarning o‘zbek tili tarjima variantidagi talqin jihatlari bilan bog‘liq til va madaniyatga xos asliyat matnidagi obrazlar muqobillarining qayta yaratilishida tarjimon-shoirning uslubiy ta’siri isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy tarjimada muallif uslubini tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy natijalar asosida:
tarjimada muallif uslubini etkazishda uchraydigan tarjimani erkin talqin qilish, tarjima me’yorlarini buzish, tarjima matnida xronologik adaptatsiyaning buzilishi, asarning milliy-madaniy jihatlarini adaptatsiya qilish, shakl va mazmun nomutanosibligi kabi konseptual xatolarni aniqlash orqali muallif uslubini saqlashga qaratilgan tarjima sifatini baholash mezonlariga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillari instituti “Internationalization and Modernization of Education and Processes in the Higher Education of Uzbekistan” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 933/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada Shekspir asarlarining o‘zbek tiliga tarjima qilishda sohaviy terminshunoslik, lug‘atshunoslik va xalqaro ma’lumot almashinuvi tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Shekspir tragediyalarini tarixiy-adabiy tahlili va muallif asarlarining uslubiy belgilarini ajratish orqali muallif uslubini etkazishda estetik va lingvo-stilistik xususiyatlarning shaxsiy lisoniy tasvirni shakllantirish omilllariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Andijon davlat universitetining «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 apreldagi OT-F1-18-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjimada muallif uslubi bo‘yicha umumfilologik nazariy va amaliy yondashuv tamoyillari ishlab chiqilgan;
Shekspir asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarida uslubiy belgilarning saqlab qolinganlik darajasini grammatik, leksik-semantik, lingvo-stilistik hamda estetik sathlarda ochib berish orqali badiiy tarjimada muallif uslubi bo‘yicha umumfilologik nazariy va amaliy yondashuv tamoyillariga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligining «O‘zbek va ingliz tillarining elektron inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri poetik lug‘atini yaratish» nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 6 martdagi IOT201942son ma’lumotnomasi). Natijada Shekspir tragediyaviy asarlarining uslubiy belgilarini ajratgan holda tarixiy-adabiy va lingvistik tahlil etishga xizmat qilgan;
Shekspir uslubidagi til vositalarining tizimli va strukturaviy yaxlitligi, uning obraz yaratish mahorati, muallif asarlaridagi obrazlarning o‘zbek tili tarjima variantidagi talqini jihatlari bilan bog‘liq til va madaniyatga xos asliyat matnidagi obrazlar muqobillarini qayta yaratilishida tarjimon-shoirning uslubiy ta’siriga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi»ning 35-bandi doirasida keltirilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 26 martdagi 0112011625son ma’lumotnomasi). Natijada Shekspir asarlarining o‘zbek tili tarjimalarida uslubiy belgilarning yutuq va kamchiliklar dalillanganligiga oid ilmiy natijalari bayoni kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilgan.