Shamsieva Barnoxon Baxromxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Tarjima matni madaniyat transferi sifatida (Natsume Sosekining “Qalb” asari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1312.
Ilmiy rahbar: Rixsieva Gulchehra Shovkatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gafurova Xakima Shavkatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yapon tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan badiiy matnlarda madaniyat transferining aks etishi muammosini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matn tarjimasining lingvomadaniyatshunoslikdagi o‘rni va asos bo‘lgan madaniyat elementlarining tarjima qilingan asar madaniyati tomonidan qabul qilinishi, uni yangi madaniyatda qurilgani, qabul qiluvchi madaniyatga moslashishi kabi vazifalari asoslanib, tarjima asarlarida ruhiyat transferi ekspressiv-emotsionallikni yuzaga chiqaruvchi vosita vazifasini bajarishi isbotlangan;
tarjima matnida madaniyat transferining aks etishi “natija” sifatida baholanib, tarjimada birliklar tahliliga oid madaniy siljish, madaniyatga moslashish kabi yondashuvlar aniqlangan;
asliyatdagi so‘zga xos madaniy sema tarjima natijasida yangi tushuncha sifatida qabul qilinishi va shu asosda matnda yangi ma’no kasb etishi aniqlangan, tarjima matnida moddiy madaniyat transferi sodir bo‘lganda shakl haqidagi tushunchalar bilan birga, ma’no haqidagi tasavvur ham o‘zgarishi kuzatilishi dalillangan;
tarjima matnida millat dunyoqarashi, olamni qay tarzda idrok etishi, assotsiativ tafakkuri, e’tiqodi, milliy-madaniy qarashlari kabilarning ifoda etilishi madaniyat transferini namoyon qiluvchi omillar sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida modal ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar va ularning koreys tilida ifodalanishini tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy-madaniy semali so‘zlar, frazeologizmlar tarjimasi, badiiy tarjimada so‘z tanlash masalalari bilan bog‘liq fikr-mulohaza, xulosalardan yapon filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi talabalari uchun tuzilgan “Yapon tili 1” darsligining nazariy hamda amaliy qismlarida milliy xoslangan so‘zlarni yapon tilida ifodalash masalasini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i). Natijada ushbu darslik milliy-madaniy semali birliklar ma’nosini to‘g‘ri etkazib berish, tushuntirish, tarjima qilishga doir bilimlar boyitilgan;
lingvomadaniyatshunoslikka oid tayanch birliklar, xususan, terminlardan PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 22 fevral`dagi 04/1-333-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu elektron platforma lingvomadaniyatshunoslikka oid terminlar bilan boyitilgan;
badiiy matnni tarjima qilishda milliy-madaniy semali birliklarning o‘zga madaniyat maydoniga ko‘chishi, transfer natijasida bu so‘zlarning til egalarida hosil bo‘ladigan assotsiativ ma’nolari haqidagi tahliliy fikr va nazariy xulosalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Bashariyat siymolari” ko‘rsatuvi ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradio-kompaniyasining 2021 yil 18 maydagi 01-16/107-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmuni yanada mukammallashgan.