Xalilova Ruxsora Raupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual kommunikativ maydonda nutqiy diskursning sotsiomadaniy va pragmatik   xususiyatlari”, 10.00.01 - O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1728.
Ilmiy rahbar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari  doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Saodat Xudoyberdievna Muhamedova, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual kommunikativ maydonda o‘zbek nutqiy diskursning xususiyatlarini, ularning lingvokul`trologik va sotsiopragmalingvistik jihatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
virtual kommunikativ maydondagi diskursning ommaviy (butun dunyo bilan aloqa), ichki shaxsiy (foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi aloqa) va guruhli muloqot ko‘rinishlarida o‘zbeklarga xos salomlashish, xayrlashish, murojaat, iltimos, minnatdorchilik kabi lisoniy va kulgich (smayl) kabi nolisoniy omillar bilan birgalikda voqelanishi dalillangan;
virtual kommunikativ maydondagi o‘zbekona lisoniy birliklarning   ijtimoiy  maqomiga,  yoshiga,  bir - birini yaxshi  tanishiga,  do‘stonalik  munosabati  darajasiga,  qarindoshlik  darajasiga,  jinsiy farqiga, suhbat mavzusiga ko‘ra   leksik-semantik, sodda, qo‘shma, takror yoki juft kabi sintaktik-struktur, ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalovchi kommunikativ-pragmatik xususiyatlari isbotlangan;
yozma elektron kommunikatsiya vosita (YoEKV) tilining og‘zaki va yozma xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan til sifatida “gibrid til”  ekanligi asoslab berilgan;
kompyuter suhbatlar semiotikasida salomlashish, xayrlashish, murojaat, iltimos, minnatdorchilik kabi o‘zbekona milliy etiketlar aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual kommunikativ maydonda nutqiy diskursning sotsiomadaniy va pragmatik  xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
virtual kommunikativ maydondagi diskursning ommaviy (butun dunyo bilan aloqa), ichki shaxsiy (foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi aloqa) va guruhli muloqot ko‘rinishlari, o‘zbekona lisoniy va nolisoniy omillar bilan birgalikda voqelanishi kabi xulosalardan F1-FA-0-13229-raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» nomli fundamental loyihada (2012-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 sentyabrdagi 232/1-son ma’lumotnomasi va 2021 yil 21 dekabrdagi 398/1-son dalolatnomasi). Natijada, elektron muloqot vositasi sifatida o‘zbekona chatlarni asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
yozma elektron kommunikatsiya vositasi (YoEKV) tili og‘zaki va yozma xususiyatlarini o‘zida birlashtirgan til sifatida «gibrid til»  ekanligi haqidagi nazariy xulosalardan F1-FA-0-13229-raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» nomli fundamental loyihada (2012-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 sentyabrdagi 232/1-son ma’lu-motnomasi va 2021 yil 21 dekabrdagi 398/1-son dalolatnomasi). Natijada, internet saytlaridan matnlar, dialogik ketma-ketliklar sotsio-madaniy va o‘zbekona milliy-pragmatik   jihatlarning voqelanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
virtual kommunikativ maydondagi o‘zbekona lisoniy birliklarning leksik-semantik,  sintaktik-struktur va kommunikativ-pragmatik xususiyatlari haqidagi nazariy xulosalardan AM-FZ-201908172-raqamli «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» nomli fundamental loyihada (2020-2023) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazrligi A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 30 noyabrdagi 04/1-2375-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron muloqot vositasi sifatida o‘zbekcha chatlarni asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
kompyuter suhbatlari semiotikasida o‘zbekona psixolingvistik va ijtimoiy-madaniy tahlillar kabi ilmiy qarashlardan «Buxoro» teleradiokanalining «Assalom, Buxoro», «Maxsus reportaj»,«Kelajakka imkoniyat», «Yoshlar vaqti», «Adabiy muhit», «Sakkizinchi mo‘jiza» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 yanvardagi 1/13-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual kommunikativ maydon matnlarining o‘zbek millitiga xos psixolingvistik va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar teleradiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish