Kushaev Umidjon Raximovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jahon dinlarida bag‘rikenglik g‘oyalarining uyg‘unligi», 07.00.04–Dinshunoslik (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fal3.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent islom universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent islom universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/F/Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Abdusamedov Anvar Eshonxonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Atamuratov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahon dinlarida bag‘rikenglik g‘oyalarining uyg‘unligi bilan bog‘liq konseptual fikr-mulohazalar asosida bag‘rikenglikning ijtimoiy-madaniy mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash hamda muammoning echimiga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv kontekstida bag‘rikenglikka doir “toqatlilik”, “muloqot”, “o‘zaro hurmat”, “hamjihatlik”, “murosa” va shu kabi tushuncha va atamalarning nazariy-metodologik asoslarini mustahkamlash, bag‘rikenglik g‘oyalari evolyusiyasidagi ustuvor an’analar va innovatsion qarashlarning hayotiy amaliy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan yondashuvlar takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lgan turli millat va din vakillari o‘rtasidagi muloqot va hamjihatlikning jamiyatimiz barqarorligiga ijobiy ta’sirini aniqlashga qaratilgan sotsiologik so‘rov va tadqiqotlarning metodologik jihatlari “xilma-xillikdagi birlik” ilmiy tamoyili nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda dinlararo va millatlararo tinchlik va totuvlikni ta’minlash, konfessiyalararo muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan nazariy-metodologik yondashuvlar “doimiy e’tibor”, “faol xayrixohlik” kabi bag‘rikenglik mezonlariga muvofiq ravishda takomillashtirilgan;
diniy bag‘rikenglik, do‘stlik, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik bilan bog‘liq bag‘rikenglik tamoyillari yosh avlodda toqatlilik va o‘zaro hamjihatlik madaniyatini shakllantirish yo‘lidagi zamonaviy ma’naviy targ‘ibot tizimidagi dolzarb axloqiy qoidalar (bag‘rikeng inson, yaqin qo‘shnichilik) sifatida asoslangan;
jahon dinlari ta’limotidagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalarning turli xalqlar madaniyati rivojlanishiga ijobiy ta’sirini bag‘rikenglik paradigmasiga muvofiq asoslash, Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari diniy zaminlarining ma’naviy-ma’rifiy mazmunini ochib berishga qaratilgan nazariy qarashlar (axloqiy mezon, inson va jamiyat kamoloti) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
bag‘rikenglik, diniy bag‘rikenglikning zamonaviy talqinlari bo‘yicha ilgari surilgan nazariy fikr va yondashuvlar “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “Aholining diniy e’tiqodi”, “O‘zbekiston yoshlari: ijtimoiy faollik, ma’naviyat, kelajak rejalari” mavzularida an’anaviy o‘tkazib boriladigan sotsiologik tadqiqot va so‘rov metodologiyasini takomillashtirishda qo‘llanilgan (Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2017 yil 24 oktyabrdagi 01-16/365-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada o‘z ifodasini topgan ta’rif va ilmiy umumlashmalardan foydalanish diniy bag‘rikenglik, diniy toqatlilik, konfessiyalararo hamjihatlikka doir sotsiologik so‘rovlar ijtimoiy aspektlarini kengroq qamrab olish imkonini bergan;
diniy bag‘rikenglikka doir nazariy fikr va amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi faoliyatida 2017 yilda o‘tkazilgan “O‘zbekiston mustaqilligi – millatlararo munosabatlar rivojida yangi davr” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari dasturlarini ishlab chiqish, anjumanlar ishlarini tashkil etish va bajarishda; qo‘mitaning “2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturidan kelib chiqadigan vazifalarini belgilash va ularni bajarish bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi 2017 yil 6 noyabrdagi 03-08/781-son ma’lumotnomacb). Taklif va tavsiyalarning qo‘llanilishi mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bag‘rikenglik mohiyatini talqin etish bo‘yicha metodologik qarash va amaliy takliflar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Sharq falsafasi va madaniyati” ta’lim yo‘nalishi uchun Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda, hujjatning Sharq xalqlari madaniyatida diniy omilning o‘rnini ochib berishga qaratilgan qismini shakllantirishda qo‘llanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik institutiybyu 2016 yil 8 noyabrdagi 65-01/2023-son ma’lumotnomasi). Takliflarning qo‘llanilishi falsafiy ta’lim tizmida bag‘rikenglik g‘oyalari o‘rnining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
nazariy-metodologik fikr-mulohazalar va takliflar Penza davlat texnologik universiteti (Rossiya Federatsiyasi) psixologiya va pedagogika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Tolerantnost`” talabalar to‘garagi ilmiy tadqiqot ishlarining mavzuiy rejalarini tuzish hamda universitetning xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyatini takomillashtirishda qo‘llanilgan (Penza davlat texnologik universiteti-ning 2016 yil 30 noyabrdagi 8908/07-10-01-son ma’lumotnomasi). Nazariy fikr va xulosalarning qo‘llanilishi o‘sib kelayotgan yosh avlodda toqatlilik va bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.