Palibaeva Zul`fiya Xalmaxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paralimpiya sportiga yangi texnologiyalar asosida adaptiv-sog‘lomlashtiruvchi metodlarni o‘zlashtirish va joriy qilish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped456.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuhratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, dotsent; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paralimpiya sportchilarini o‘quv-mashg‘ulot jarayonida vositalarni tanlash va yo‘naltirish asosida psixofizik mashg‘ulot uslubiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy mashqlarni saralash mezonlarni belgilash va yo‘lantirish uchun mushaklarni ixtiyoriy bo‘shashtirish orqali hissiy zo‘riqishlarning (ruhiy tushkinlik, psixoemotsional holatlarni) oldini olish, hamda keyingi yuklamani tanlashda mushak tonusini (charchok va dam olishda bir xillikni saqlash) qayta qurish hisobiga psixofizik mashg‘ulot metodikasi takomillashtirilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni harakatlanish imkoniyatiga ko‘ra mashqlar majmuasini tuzishda turli jismoniy mashqlarni har bir bosqichda murakkab va jismoniy yuklama bo‘yicha izchil o‘sib borish va ijobiy ruhiy muvozanatni saqlashga qaratilgan (mushaklarning maksimal tortilishi va tiklanishi) bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hisobiga tayyorgarlikni barcha darajalari uchun mashg‘ulot majmuasi yaratilgan;
paralimpiya sport turlarida jismoniy sifatlarni uyg‘un ravishda tarbiyalash uchun jismoniy mashqlarning ketma-ketligini ta’minlashda mushaklarning anatomik guruhlarining mutanosib rivojlanishi kompleks baholash va tartibga solishga qaratilgan birlashtirilgan matrisani (mashqlarning bajarilish intensivligi, sur’ati va tartibi bo‘yicha umumiy taqsimot) ishlab chiqish hisobiga mashqlarni maqsadli tanlash va yo‘naltirish imkoniyati kengaytirilgan;
zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz golbol bilan shug‘ullanuvchilarni tayyorgarlikning uchta bosqichida (boshlang‘ich, o‘rta, yuqori) jismoniy mashg‘ulotlarning kompleksini qo‘llash fazalari bo‘yicha charchoqni oldini olishga qaratilgan ekstensiv (keng qamrovli) jismoniy mashg‘ulotlar metodikasini ishlab chiqish hisobiga xalqaro o‘yinlarga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paralimpiya sportchilar o‘quv mashg‘ulot jarayonini yangi texnologiyalar asosida optimallashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning adaptiv jismoniy tarbiya oldida turgan vazifa va talablardan kelib chiqib jismoniy mashqlarni saralash mezonlarni belgilash va yo‘lantirish uchun hissiy zo‘riqishlarni oldini olishda psixofizik mashg‘ulot metodikasi golbol bilan shug‘ullanuvchilar o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 03-17-2/2700- son ma’lumotnoma). Natijada eksperimental guruhida mashq o‘tkazgan paralimpiya sportchilarining jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 10% ga yaxshilangan;
jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni harakatlanish imkoniyatiga ko‘ra turli jismoniy mashqlar majmuasi O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasida golbol bo‘yicha o‘quv guruhlari shug‘ullanuvchilar o‘quv mashg‘ulot jarayoniga muvozanatini saqlashga qaratilgan tavsifnoma tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 03-17-2/2700- son ma’lumotnoma). Natijada tajriba guruhda mashq qilgan paralimpiya sportchilarining koordinatsion ko‘rsatkichlari o‘rtacha 18% ga yaxshilangan;
paralimpiya sport turlarida jismoniy sifatlarni uyg‘un ravishda tarbiyalash uchun O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz shug‘ullanuvchilarning birlashtirilgan tasniflash matrisasi (mashqlarning bajarilish intinsivligi, su’rati va tartibi) golbol sport mashg‘ulotlariga tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 16 iyundagi 03-17-2/2700-son ma’lumotnoma). Natijada golbol shug‘illanuvchilarining jismoniy sifat ko‘rsatkichlari 20% ga yaxshilangan;
zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz golbol bilan shug‘ullanuvchilarni jismoniy mashg‘ulotlarning kompleksini qo‘lash fazalari bo‘yicha charchoqni oldini olishga qaratilgan ekstensiv jismoniy mashg‘ulotlar metodikasi jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligida “Ekstensiv jismoniy mashg‘ulot metodikasi” 2021 yil 30 dekabrdagi 004465 son ma’lumotnoma). Natijada faollik va kayfiyatni baholash uchun mo‘ljallangan “SAN” test so‘rovnomasi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, psixoemotsional holat va jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqish ko‘rsatkichlarining 29% ga oshganligi qayd etilgan.