Axmedov Farrux Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali dzyudochilar bellashuv faoliyatini hisobga olgan holda musobaqa imkoniyatini oshirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped440.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Niyazov Abilbay Talibaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yugay Lev Pavlovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Azizov Nosirjon Ne’matillaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali dzyudochilar bellashuv faoliyatini hisobga olgan holda ularning musobaqalashuv imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dzyudochilarning musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida ixtisoslashgan mashqlarni bajarish tempini bellashuv faoliyatiga muvofiq shiddat darajalarining (“past”, “o‘rta” va “yuqori”) model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hisobiga dzyudochilarning jismoniy yuklamalarga moslashish imkoniyati oshirilgan;
musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichidagi mashqlarni bajarish seriyalari orasidagi tiklanish vaqtini va musobaqaning turli (birinchi davradan final uchrashuvlarigacha) davralari hamda bellashuv qismlarining (“epizod” va “pauza”) oraliq intervallari bo‘yicha mashg‘ulotga kiritish hisobiga ixtisoslashgan mashqlarni samarali qo‘llash imkoniyati oshirilgan;
malakali dzyudochilar musobaqa faoliyatida eng ko‘p qo‘llanilgan usullar arsenalini hujum, himoya va qarshi hujum kombinatsiyalaridan foydalangan holda modellashtirilgan bellashuvlarni mashg‘ulot mazmuniga ehtimoli yuqori bo‘lgan bellashuv fazalarini kiritish hisobiga dzyudochilarning g‘alaba qozonish imkoniyati kengaytirilgan;
musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida ixtisoslashgan mashqlar ketma-ketligi, shiddati va tiklanish oraliqlarini bellashuv faoliyatidagi o‘zgaruvchan sharoitda sakkiz bosqichdan iborat dzyudochilarni musobaqa jarayonidagi jismoniy yuklamalarga moslashtirish imkoniyatiga ega “ikki cho‘qqili” tayyorgarlik modelini ishlab chiqish hisobiga musobaqaoldi o‘quv-mashg‘ulotlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali dzyudochilar bellashuv faoliyatini hisobga olgan holda musobaqa imkoniyatini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida ixtisoslashgan mashqlarni bajarish tempini bellashuv faoliyatiga muvofiq ishlab chiqilgan shiddat darajalarining model ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Dzyudo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 29 martdagi 2-son bayoni). Natijada dzyudochilar musobaqaoldi maxsus tayyorgarlik darajasi 8,3%ga yaxshilangan;
musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichida mashqni bajarish seriyalari orasidagi tiklanish davrini musobaqaning turli davralari va bellashuv qismlarining vaqt parametrlarini mashg‘ulotga kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati sport yakkakurashi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi dzyudo bo‘limi o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 03-17-02/2768-son ma’lumotnoma). Natijada ixtisoslashgan mashqlarni samarali qo‘llash imkoniyati 5,8%ga oshirilgan;
modellashtirilgan bellashuvlar mazmuniga ehtimoli yuqori bo‘lgan bellashuv fazalarini mashg‘ulotga kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Dzyudo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 29 martdagi 2-son bayoni). Natijada dzyudochilar musobaqa faoliyatining faollik indeksi-9,6%ga, hujum ko‘rsatkichlari-15,1%ga, hujum samaradorligi-18,4%ga, qarshi hujum ko‘rsatkichi-12,2%ga hamda himoya ko‘rsatkichi-14,2%ga yaxshilangan.