Kosimova Malohatxon Karimovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa ishlov beruvchi yassi detallarni (lemex kabi) kontakt payvandlash usulida qayta tiklash ko‘rsatkichlarini asoslash”, 05.07.02 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1671
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Bahodir Nasibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jalik texnikalarining tuproqqa ishlov beruvchi yassi detallarining (lemex kabi) ishchi yuzasiga shakllantirilgan kompozision materiallarni kontakt payvandlab qoplash usulini takomillashtirish va payvandlab qoplangan detallarning resurs ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lemex materialining eyilish miqdorini tuproqning lemexga ta’sir etadigan bosimiga, ishqalanish yo‘liga, lemex ishchi yuzasiga payvandlab qoplangan materialning qattiqligi, tarkibi, tarkibidagi qattiq qotishmalar miqdori kabilarga bog‘liq holda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
ma’lum tarkibli shakllantirilgan kukunsimon kompozision materialni yassi detalning ishchi yuzasiga kontakt payvandlab qoplash rejimining asosiy parametrlari olingan payvand qatlamning fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda asoslangan;
turli materiallar payvandlab qoplangan namunalar ustida laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan sinovlar natijalari asosida yassi yuzali detallarning ishchi yuzasiga payvandlab qoplash uchun uning resursini yangisiga nisbatan ikki martagacha yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan shakllantirilgan kukunsimon materialning tarkibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproqqa ishlov beruvchi yassi detallarni (lemex kabi) kontakt payvandlab qoplash usuli va payvandlab qoplangan qatlam parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
Payvandlab qoplangan plug lemexlari Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Tolibjon chorvasi”, Marhamat tumanidagi “Unumdor er sohibi” va “Noraylik Safarali paxtazori”, Andijon tumanidagi “Ulug‘bek ilg‘or dalasi” fermer xo‘jaliklarining dalalarida sinovlardan o‘tgan va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 07/24-04/2395-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa ishlov beradigan mashinalar ishchi organlarining resursi 2…2,1 martagacha ortgan va buning hisobiga ehtiyot qismlar sarfi 17...17,7% ga kamayishiga erishilgan;
qishloq xo‘jalik texnikalari yassi detallaridan tayyorlangan namunalarni abraziv eyilishga sinash qurilmasining konstruksiyasi yaratilgan (“Ustanovka dlya ispitaniy materialov na abrazivnoe iznashivanie”, Patent Uz FAP 01798. 2022.01.23). Natijada laboratoriya tadqiqotlarida yassi detallarning namunalarini va eyilishga chidamli materiallar payvandlab qoplangan namunalarni abraziv muhitda eyilishga sinash va sinov vaqtini qisqartirish imkoni yaratilgan.