Umirov Abdig‘appor To‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyani yig‘ishtirish uchun g‘alla kombaynini moslashtirish va parametrlarini asoslash, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1356     
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Eshdavlatov Eshpo‘lat Uzoqovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘alla kombaynini soyani yig‘ishtirib olish uchun moslashtirish hamda uni ishchi qismlarining parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
soyani o‘rishda jatkaning o‘rish balandligi poyadagi dukkaklarning minimal joylashish balandligidan, kombayn ish tezligi esa poyalarni egilmasdan o‘rilishini ta’minlash shartidan kelib chiqib aniqlangan;
kombayn motovilasi aylanishlar soni soya dukkaklarining poya bilan bog‘lanish kuchini hisobga olgan holda motovila plankalarining zarbali ta’sirida poyadagi dukkaklarining uzilib tushmasligiga erishish bo‘yicha asoslangan;
soyani yig‘ishtirish uchun g‘alla kombayni don tozalash qismiga havo oqimi ta’sirida uchuvchanligi dondan past bo‘lgan yirik poya bo‘laklarini tutib qolib, tashqariga chiqarib yuborishni ta’minlaydigan poya tutkich barmoqlarga ega jalyuzali g‘alvir ishlab chiqilgan;
poya tutkich barmoqlarga ega jalyuzali g‘alvir parametrlari texnologik ish jarayonida g‘alvir ustiga kelib tushgan soya donlarining jalyuzalar bo‘ylab kombayn don tozalash qismi ichkarisiga, poya bo‘laklarining esa poya tutkich barmoqlar yordamida tutib qolinib, tashqariga harakatlanishini ta’minlash asosida aniqlangan.           
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Soyani yig‘ishtirish uchun g‘alla kombaynini moslashtirish hamda uni ishchi qismlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
soya yig‘ishtirish uchun moslashtirilgan g‘alla kombayni Surxondaryo  viloyati Termiz tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 martdagi 02/23-04/1666-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikaning janubiy hududida soyani belgilangan talablar darajasida yig‘ishtirib olish imkoni yaratilgan;
soyani yig‘ishtirish uchun takomillashtirilgan g‘alvir bilan jihozlangan g‘alla kombayni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Agrobioxolding” MChJ agroklasterida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 martdagi 02/23-04/1666-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan g‘alvirga ega g‘alla kombaynida don tozaligini 1,8-2,6 foizga oshirish va nobudgarchiligini 1,5 foizgacha kamaytirish imkonini bergan;
g‘alla kombayni ishchi qismlarini soya yig‘ishtirish uchun moslashtirish bo‘yicha loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 martdagi 02/23-04/1666-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘alla kombayni don tozalash qismini soya yig‘ishtirishga moslashtirish uchun poya tutkich barmoqli g‘alvirlarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish