Qo‘chqorov Mavzurjon Xursanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p zonali Keyn yaqinlashishida qutblangan yorug‘lik uch va to‘rt fotonli yutilishining temperaturaviy tadqiqi», 01.04.07 - Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: - B2021.3.PhD/FM640.
Ilmiy rahbar: Eshboltaev Iqbol Mamirjonovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, RhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Nomonjon Akramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Farg‘ona politexnika instituti); Kurbanov Ulugbek Tajibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, k.i.x. (O‘zR FA Yadro Fizikasi instituti)
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kristallarda to‘rt zonali Keyn yaqinlashishiga ko‘ra qutblangan yorug‘likning spin-orbital ajragan zona hamda o‘tkazuvchanlik zonalariaro uch va to‘rt fotonli yutilishi hamda uning chiziqli sirkulyar dixroizm mexanizmlarini nazariy tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta ko‘p zonali Keyn yaqinlashishida valent, o‘tkazuvchanlik hamda spin-orbital ajragan zonalardan o‘tkazuvchanlik zonasiga optik o‘tishlarda parsial va interferensiyaviy uch fotonli yutilish, shuningdek chiziqli sirkulyar dixroizm koeffisientlarining spektral-temperaturaviy bog‘lanishlari hisoblangan;
Keyn va Lattinjer-Kon modellariga ko‘ra zonalararo uch fotonli optik o‘tishlarining matrisaviy elementlari, o‘tish ehtimolliklari va yutilish koeffisientlarining yorug‘lik chastotasi, qutblanish darajasi va intensivligiga, namuna temperaturasi hamda zonaviy parametrlarga bog‘liq bo‘lgan miqdoriy nazariyasi ishlab chiqilgan;
ilk marta to‘rt zonali Keyn modeliga asoslanib tetraedr panjarali kristallarda tok tashuvchilarning spinorbital ajragan zonadan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tishlarini e’tiborga olgan holda uch fotonli yutilish koeffisientining spektral-temperaturaviy bog‘la-nishlarida cho‘qqili sohalarning paydo bo‘lish mexanizmi ishlab chiqilgan;
virtual holatlar valent zonasining og‘ir va engil kovaklar tarmog‘ida hamda spin-orbital ajragan zonada joylashganida uch fotonli yutilish va chiziqli sirkulyar dixroizm koeffisientlarining chastota ortishi bilan kamayib borishi aniqlangan
sonli nazariy hisoblashlarning ZnS va ZnSe larda o‘tkazilgan uch fotonli yutilish koeffisienti spektral bog‘lanishiga tegishli tajriba natijalariga past chastotalar sohasida 90%, yuqori chastotalar sohasida 85% aniqlik bilan mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kristallarda qutblangan yorug‘likning zonalararo uch fotonli yutilish mexanizmlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tor va keng zonali yarimo‘tkazgichlarda qutblangan yorug‘likning uch fotonli yutilish hamda chiziqli sirkulyar dixroizmining spektral-temperaturaviy bog‘lanishlari bo‘yicha olib borilgan natijalaridan Namangan muhandislik-qurilish institutining «Fizika» kafedrasida 2017 – 2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F2-70 «Kuchli elektromagnit maydondagi nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgich parametrlariga harorat, deformatsiya va yorug‘likning ta’siri» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Namangan muhandislik qurilish institutining 2022 yil 15 fevraldagi 13/10-09/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, tor zonali yarimo‘tkazgichlar asosida fotoelektron qurilmalarning ishchi chastotalar sohasini yanada kengaytirish imkonini bergan;
tetraedr simmetriyali kristallar uchun to‘rt zonali Keyn yaqinlashishida zonalararo ko‘p fotonli yutilishning spektral-temperaturaviy bog‘lanishlari tadqiqot natijalaridan 2017 – 2020 yillarga mo‘ljallangan BF3-003 raqamli «Kirishmali vol`taik effektga asoslangan yarimo‘tkazgich negizli mikro va nanoo‘lchamli noan’anaviy va muqobil energiya manbalarini yaratish» fundamental loyihada mikro- va nanoo‘lchamli noan’anaviy va muqobil energiya manbalari xossalarini tadqiq qilishda foydalanilgangan (Andijon Mashinasozlik institutining 2022 yil 1 fevraldagi 38-03/133-son ma’lumotnomasi). Natijada, noan’anaviy va muqobil energiya manbalarning optik samaraviyligini yanada orttirish imkoni yaratilgan;
tor va keng zonali yarimo‘tkazgichlarda tok tashuvchilarning zonalararo optik o‘tishlarda yorug‘likning uch fotonli yutilish parametrlarining spektral hamda temperaturaviy hisoblashlari natijalaridan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT F-74 «Yarim o‘tkazgichli qorishmalar va kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlar energetik spektrlarini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2022 yil 18 fevraldagi 406-024-son ma’lumotnomasi). Natijada, legirlangan yarimo‘tkazgichlarda tok tashuvchilar energetik spektrini noparabolik yaqinlashishda hisoblash imkoni yaratilgan.